Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni
Download 321.48 Kb.
|
atrabotka 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.8. Quritish jarayonining moddiy balansi. Havo sarfi
RAMZINNING I-X DIAGRAMMASI
Rasm 6.1. I-x diagrammasi. Nam havoning asosiy xossalari texnik hisoblashlar uchun zarur bo‘lgan aniqlik bilan I — x diagrammasi yordamida topilishi mumkin. Bu diagramma L.K.Ramzin tomonidan 1917 yili taklif qilingan. I — x diagrammani tuzishda bosimning qiymatini o‘zgarmas deb olingan, ya’ni P=745 mm simob ustuni (99 kPa ga yaqin). Diagrammaning asosiy o‘qlari oralig‘idagi burchak 135° ga teng Asosiy o‘qlarga nam havoning ikkita asosiy xossalari — entalpiya I (I kg quruq havo) joylashtirilgan. Nam saqlashning qiymatlari diagrammadan foydalanish qulay bo‘lishi uchun yordamchi gorizontal o‘qqa joylashtirilgan. Bunda I=sonst chiziqlar ordinata o‘qiga nisbatan 135° burchak bilan ma’lum masshtabda joylashtirilgan. x=sonst chiziqlar esa yordamchi abstsissa o‘qiga perpendikulyar qilib joylashtirilgan. I— x diagrammasiga asosiy chiziqlardan tashqari quyidagi chiziqlar ham joylashtirilgan: o‘zgarmas temperatura chiziqlari yoki izotermalar (t=sonst), o‘zgarmas nisbiy namlik chiziqlari =sonst nam havodagi suv bug‘ining partsial bosimi chizig‘i. =100 % chizigi diagrammani ikki qismga bo‘ladi. Bu chiziqning tepa qismi diagrammaning ish yuzasi deb ataladi va u to‘yinmagan nam havoga to‘g‘ri keladi. To‘yinmagan nam havo qurituvchi agent sifatida ishlatiladi. =100 % chizigining pastki qismida joylashgan yuza suv bug‘i bilan to‘yingan havoga to‘g‘ri keladi va quritkichlarni hisoblashda ishlatilmaydi. Temperatura 99,4°C ga etganda to‘yingan bug‘ning bosimi o‘zgarmas barometrik bosim qiymati (R=745 mm simob ustuni) ga teng bo‘lib qoladi, natijada nisbiy namlik temperaturaga bog‘liq bo‘lmaydi. 6.8. Quritish jarayonining moddiy balansi. Havo sarfi Haqiqiy quritkichlardagi jarayon nazariy quritishdagi jarayondan shu bilan farq qiladiki, bunda J2 ≠ J1bo‘ladi. Bunga sabab shuki, haqiqiy quritkichlarda issiklikning bir qismi atrof muhitga yo‘qaladi. Ayrim paytlarda quritish kamerasiga qo‘shimcha issiqlik kiritiladi (6.2-rasm). Download 321.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling