Namangan 2006 yil


Shayboniylar sulolasi (1500-1601y.y.)


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana28.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1015476
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
ozbekiston tarixi 3

Shayboniylar sulolasi (1500-1601y.y.) 
Muhammad Shayboniyxon 1500-1510y.y.
Ko'chkinchixon 1510-1531y.y. 
Abu Saidxon 1531-1533y.y. 
Ubaydullaxon 1533-1539y.y. 
Abdullaxon I 1539-1540y.y. 
Abdulazizxon (Buxoroda) 1540-1550y.y.
Abdulatif (Samarqandda) 1540-1550y.y. 
Navro'z Ahmadxon (Baroqxon)-1551-1556y.y. 
Pirmuhammadxon I-1557-1561y.y. 
Iskandarxon-1561-1583y.y. 
Abdullaxon II-1583-1598y.y. 
Abdulmo'minxon-1598-1599y.y. 
Pirmuhammadxon II-1599-1601y.y. 
1601 yildan e'tiboran Buxoro xonligida hokimiyat ashtarxoniylar (Joniylar) sulolasi qo'liga o'tadi. 150 yilcha (1601-1753) 
hukmronlik qilgan Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik, osoyishtalik bo'lmadi. Xonlik viloyatlarida hukmronlik 
qiluvchi amirlar va beklarning o'zboshimchaligi, markaziy hokimiyatdagi amaldorlar o'rtasidagi o'zaro kelishmovchilik, yp-yiqitlar 
mamlakat tinkasini quritib bordi. Buni ashtarxoniylar sulolasidan Buxoro taxtiga ko'tarilgan o'n nafar xondan ikkitasining taxtdan 
ag'darilgani, to'rttasining taxt ustida o'ldirilgani ham yaqqol ko'rsatadi. Inqiroz o'zining yuqori pallasiga chiqqan XV11 asrning 40-
yillarida Eron shohi Nodirshoh Buxoro xonligiga yurish qilib uni o'ziga bo'ysundiradi. 
Yirik yer egalarining mustaqillikka bo'lgan yangi urinishlari har bir udel ichida va ayniqsa Buxoro bilan Samarqand o'rtasida 
Amirlarning hokimiyat uchun kurashi, Samarqand taxtini egallash uchun sulolalar kurashi XVI asring 40 yillardan keyin ayniqsa 
kuchayib markaziy hokimiyatning yanada zaiflashuviga olib kelgan edi.. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va 
umuman mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishiga xalaqit berar edi. O'sha davrda muntazam davom etgan feodal mojarolari sharoitida 
hunarmandchilik orqaga ketib savdo va xo'jalik aloqalari uzilib qoldi. 1558 yilning oxirlarida Buxoroda bo'lgan Antoniy Jenkinson 
markaziy hokimiyatning yo'qligi mamlakat iqtisodiyotiga yomon ta'sir ko'rsatganini yozadi. Bu yerda podshoh «ko'pi bilan ikki yoki 
uch yil hukmronlik qila oladi. Shu davr ichida yo uni o'ldirishadi yoki haydab yuborishadi deb yozadi. Jenkinson bularning hammasi 
mamlakatni va savdogarlarni nihoyatda xonavayron qilmokda». Bunday tartibsizliklar Ashtarxoniylar hukmronligi davrida ham davom 
etdi. Ashtarxoniylar davom etayotgan bunday vaziyatni oldini olish uchun kurashdilar. Lekin buning iloji bo'lmadi oxirgi ashtarxoniylar 
hukmronlik qilgan davrga kelib Buxoro xonligi markaziy hokimiyatdan amalda mustaqil bo'lgan mulklar yig'indisidan iborat bo'lib 
qolgan edi. Bularning hamma zulm va beboshlikning kuchayishiga tinch aholining xonavayron bo'lishiga xo'jalikning umuman vayron 
bo'lishiga olib keldi. Zaviflashib qolgan Buxoro xonligi qo'shni hokimlarning istilochilik manfaatlarini qondirish uchun jozibali o'lka 
bo'lib qoldi. Shunday qilib XV-XVI asrlarda bo'lib o'tgan o'zaro ichki nizolar tufayli markaziy hokimiyat zaiflashdi. 
25 


Buxoro xonligida katta nufuzga ega bo'lgan mang'it urug'ining vakili Muhammad Rahim 1747 yilda ichkilikbozlik va 
maishatbozlikka berilib ketgan Abdulfayzxonni, so'ngra rasman xon deb (soxta xon) elon qilingan uning o'g'illari: Abdulmo'min va 
Ubaydullo sultonlarni o'ldirib, hokimiyatni o'z qo'liga oladi. Muhammad Rahim 1753 yilda o'zini Buxoro amiri deb e'lon qiladi. 
Shundan e'tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Amirlikda hokimiyat 1920 yilgacha mang'itlar sulolasi qo'lida 
bo'ldi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling