Namangan 2006 yil
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU: TURKISTONNING XONLIKLARGA BOLINIB KETISHI, UNING SABAB VA OQIBATLARI. MAQSAD
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar. 3-jild.-T.: O'zbekiston, 1998 y. 2. Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo'laversin. Asarlar. 4-jild.-T.: O'zbekiston,1998 y. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Toshkent: 1998 y 3. I.A.Karimov. O'zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent: 1998 y. 4. Giyasiddin Ali. «Dnevnik poxoda Timura v Indiyu. Moskva, «IVL», 1958. 5. Grekov B.D., Yakubovskiy A.YU. Oltin O'rda va uning qulashi T.:1964y 6. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 1-2 jild.-T.: Mehnat, 1992 y. 7. Muhammadjonov Amir Temur va temuriylar davri.-T.: 1996 y. 8. Mo'minov I. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli.-T.: Fan, 1993 y. 8. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma.-T.: O'zbekiston,1996 y. 9. Temur va Ulug'bek davri tarixi.-T.:Qomuslar Bosh Tahririyati,1996y 10. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.-T.: Sharq, 1994 y. 11. Muhammadjonov Amir Temur va temuriylar saltanati. 12. Karimov SH., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. Toshkent: 1997 yil. 13. Ahmedov B. Sohibqiron Temur. Toshkent: 1996 yil. 14. Temur tuzuklari. Toshkent: 1991 yil. 15. Amir Temur o'gitlari. Toshkent: 1992 yil. 8-MAVZU: TURKISTONNING XONLIKLARGA BO'LINIB KETISHI, UNING SABAB VA OQIBATLARI. MAQSAD: Talabalarga XV-XIX asrlardagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot, temuriylar saltanatining yemirilishi va shayboniylar hukmronligini o'rnatilishi haqida to'g'ri ilmiy ma'lumotlarni yetkazish. Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishining asl sabablari va tub mohiyatini ochib bergan holda uning salbiy oqibatlariga e'tiborni qaratish. REJA: 1. XV asrning II yarmi-XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. 2. O'lkada Shayboniylar sulolasining qaror topishi. Buxoroda Ashtarxoniylar va Mang'itlar sulolasining hukmronligi. 3. Xiva xonligi: Shayboniylar va Qo'ng'irotlar sulolasi. 4. Qo'qon xonligining tashkil topishi. 5. Turkistonning xonliklarga bo'linishining salbiy oqibatlari. Vatanimiz tarixi o'zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o'tmaganligi, uning rivojida zafarli va inqirozli davrlar bo'lganidan guvohlik beradi. Soxibqiron Amir Temur asos solgan saltanat eng yirik va qudratli o'zbek davlati bo'lganligi jahonga ma'lum. U o'z vorislariga nafaqat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur tuzuklarni ham qoldirgan edi. «... Farzandlarim va avlodimdan bo'lganlarning har biri,-deb yozgan edi u o'zining tuzuklarida, unga muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o'z saltanat ishlarini boshqarishda qo'llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo'lgay». Ammo, uning dasturi va vasiyatlariga amal qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o'zaro va ichki kurash, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka olib keldi. Ma'lumki XV asrdan boshlab Movarounnahr hududida feodal tarqoqlik vujudga keldi. Bunday holatning paydo bo'lishiga Temur vafotidan keyin uning nabiralari va o'g'illari o'rtasida toju-taxt uchun kurashning kuchayishi sabab bo'ldi. XV asrning oxiri XVI asr boshlarida Movarounnahr hududi bir necha mustaqil mulklarga bo'linib ketdi. Ular iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan mustahkam bog'liq edilar, lekin ayrim viloyatlarning hokimlari o'rtasidagi uzluksiz to'qnashuvlar aholining o'zaro xo'jalik aloqalariga halaqit berdi. Farg'ona, Hisor, Samarqand, Buxoro singari mulklar va ular atrofidagi viloyatlar aslida o'zaro qaramlik munosabatlar bilan bog'liq mustaqil siyosiy tuzulmalar edi. Temuriylar Movarounnahrning poytaxti Samarqandga da'vogar bo'lgan mustaqil hokim, Toshkent hokimi edi. Xorazmda ham mustaqillikka da'vogar bo'lgan sufiylar sulolasining vakili hukmronlik qilar edi. Ayrim hukmdorlar o'z qo'shinlarining yerlarini bosib olish hisobiga o'z yerlarning kengaytirish poyidan bo'lib yurishlari muvaffaqiyatsiz chiqqanda talab olingan mollar bilan cheklanishardi. XV asrning oxirlarida feodallarning bir-biriga qarshi chiqishlari ancha keskinlashdi. Movarounnahrda tarkib topgan beqaror siyosiy vaziyat Shayboniyxonning bosqinchilik yurishlari uchun qulay bo'ldi. O'zaro nizolardan foydalanib u janub tomon muvaffaqiyatli siljib borar edi. Movarounnahr aholisi Shayboniyxon qo'shinlari harakatiga turlicha qarashardi. Ularning ayrimlari bosqinchilarga zarba berish uchun butun kuchlari sarflashga tayyor bo'lib o'z shahar va qishloqlarni fidikorona himoya qilishar, ayrimlar esa hukmdorlarning o'zgarishi va baquvvatroq hokimiyatning o'rnatilishi, shahar va qishloqlarda nizolar va tartibsizliklarni to'xtatilishiga yordam beradi deb umid qilishardi. Ularning ko'plari Shayboniyxon Buxoro va Samarqandda bo'lgan paytda u bilan tanishgan edilar. Ayrim Temuriylar ham bosqinchilarning qo'shinlariga qat'iy qarshilik ko'rsatdilar. Vujudga kelgan tahlikali holatlarda shu paytgacha bir biriga dushman bo'lgan feodallarni vaqtinchalik bo'lsada Temuriylar tevaragida birlashishiga olib keldi. XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan Temuriylar saltanatiga Dashti qipchoq tomondagi o'zbeklar hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504- 24 1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Mashhad va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg'ona va Sirdaryo yerlari ham Muhammad Shayboniyxonga qaram bo'lib qoldi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi. Shayboniyxon janubda Eron shohi Ismoilshoh bilan to'qnashdi. 1510 yilda Marv yaqinida bo'lgan jangda Shayboniyxon qo'shinlari yengildi, xonning o'zi ham xalok bo'ldi. Taxtga Ko'chkunchixon (1510-1530) chiqdi. Biroq shayboniy zodagonlar, harbiy qo'mondonlar jipslashib, Ismoilshohga qarshi kurashish o'rniga Shayboniyxon birlashtirgan viloyatlar va yerlarni taqsimlashga kirishdilar, ular o'rtasida o'zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm o'lkalarini, Shimoliy Afg'onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand bo'lgan Movarounnahrda esa Shayboniylar hukmronligi saqlanib qoldi. Xorazmda Ismoilshoh hukmronligiga, uning shialik diniy mazhabiga qarshi harakat boshlandi. Bu harakatga Vazir shahri qozisi Umar qori va Sayid Xisamiddin yetakchilik qildi. Ular Shayboniylar avlodidan bo'lgan Berka sultonning o'g'li Elbarsxonga murojaat qilib, xon bo'lishini taklif qildilar. Elbarsxon 1511 yilda qo'shin bilan kelib Vazir, Urganch, Xiva, Xazoraspni Ismoilshoh qo'shinlaridan tozaladi. Shunday qilib, 1511 yilda mustaqil Xiva xonligi tashkil topdi, Elbarsxon uning birinchi xoni bo'ldi. Xivada Shayboniylar sulolasi hukmronligi 1770 yilgacha davom etdi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. Arabxon (1602-1621)davrida poytaxt Xivaga ko'chirildi. Xiva xonligi tasarrufiga Amudaryo quyi oqimidagi vohalar, Mang'ishloq, Dahiston (Mashhad) va O'zboy atrofidagi ko'chmanchi turkman hududlari kirardi. Birok, xonlikda tinchlik bo'lmadi. Uzoq yillar davomida xonlik tepasida turgan o'zbek qabilalari bilan turkman qabilalari o'rtasida, shuningdek, shahzodalar o'rtasida tinimsiz urushlar bo'lib turdi. Xiva va Buxoro hukmdorlari o'rtasida Murg'ob daryosi bo'ylari uchun, Marv uchun qirg'inborot urushlari bo'lib turar, bu hududlar qo'ldan-qo'lga o'tardi. Xonlikka shimoldan qalmoqlar, qozoqlar, Ural kazaklari tez-tez hujum qilib faloqatlar keltirardi. XVIII asr 40-yillarida Eron shohi Nodirshoh, uning o'g'li Nasrullo Xiva xonligini bosib olib, o'z boshqaruvini o'rnatdi, turkman qabilalarini Xorazmdan Xurosonga ko'chirdi. Biroq Xiva xonligida tinchlik bo'lmadi. Eron hukmdorlariga qarshi tez-tez g'alayonlar bo'lar, aholi boshi oqqan tomonga ketardi. Shunday vaziyatda xonlikdagi o'zbek qabilalaridan qo'ng'irot urug'ining boshlig'i Muhammad Amin Inoq 1770 yilda hokimiyatni qo'lga oldi va Ayva xonligida yangi sulola-qo'ng'irot sulolasiga asos soldi va bu sulola 1920 yilgacha hukm surdi. Muhammad Amin Inoq turkmanlar mang'itini bostirdi, Buxoro hukmdorining hujumini daf etdi va Xiva xonligidagi viloyat hokimlarini markaziy hokimiyatga bo'ysundirdi. Movarounnahrda 100 yilgacha davom etgan Shayboniylar davrida ham tinchlik bo'lmadi, qirg'inbarot urushlar, o'zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Buxoro viloyati noibi bo'lib kelgan Ubaydulla sulton 1533 yilda Shayboniylar sulolasining oliy hukmdori etib ko'tarildi. Ubaydulla sulton Samarqanddagi Ko'chkinchixon avlodlari qarshiligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqarardi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchaydi va Movarounnahrning siyosiy-ma'muriy markaziga aylantirildi. Abdullaxon II davrida (1557-1561 yillarda amakisi Pirmuhammad, 1561- 1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy hukmdor deb e'lon qilingan bo'lsada amalda hukmdor Abdullaxon II edi) 1557 yildan boshlab poytaxt rasman Buxoro bo'lib qoladi va bu sana tarixga Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo'lib kirdi. Abdullaxon II siyosiy tarqoqlikka qarshi uzoq yillar urush olib borib, 1573 yilda Farg'onani, 1574 yilda Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlarini, 1578 yilda Samarqandni, 1582 yilda Toshkent, Shohruhiya, Ohangaron va Sayramni, 1583 yilda Balxni, 1584 yilda Badaxshonni, 1588 yilda Hirotni, 1595 yilda Xorazmni zabt etib, mintaqani birlashtirish ishini uddaladi, Buxoro xonligini kuchli va markazlashgan davlatga aylantirdi. Biroq, ichki nizo, adovatni bartaraf etolmadi. G'animlar Abdullaxonga qarshi uning o'g'li Abdulmo'minni qayraydilar. Shu tariqa, uyushtirilgan saroy fitnasi natijasida 1598 yilda Abdullaxon o'ldiriladi. Abdullaxon o'rniga taxtga ko'tarilgan Abdulmo'min 6 oycha hukmdor bo'ldi. U otasining amirlaridan biri, Abdulvose tomonidan otib o'ldirildi. Taxtga chiqqan so'nggi Shayboniy PirMuhammad (1599-1601) ham ichki urushlarning birida halok bo'ladi. Shayboniylar sulolasi barham topdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling