Namangan 2006 yil
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 3
joriy etish orqali ichki xo'jalik munosabatlarini takomillashtirish, bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini
oshirish orqali qishloq xo'jaligini rivojlantirish. Bu borada Buxoro, Andijon, Namangan viloyatlarida tahsinga sazovor ishlar olib borilmoqda. O'tkazilayotgan islohotlar natijalaridan dastlabki xulosalar shundan iboratki, hamma yerda ham bu masalaga ko'ngildagidek e'tibor berilmayapti. Aholi orasida ba'zan «shirkat xo'jaliklari tuzilmoqda, lekin ularning jamoa xo'jaliklaridan farqi sezilmayapti» degan gaplarni eshitib qolamiz. O'zbekiston Respublikasining «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida»gi qonunga ko'ra, qishloq xo'jaligi shirkati qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirishga mo'ljallangan, mulkiy pay usuliga hamda oila (jamoa) pudratiga asoslangan fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashtiradigan yuridik shaxs huquqlariga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'yektdir. Shirkat xo'jaliklaridan farqli o'laroq, jamoa xo'jaliklari asosiy ishlab chiqarish vositalari umumiy bo'lgan, jamoa mehnatiga asoslangan qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni birgalikda yuritish maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashgan dehqonlarning tashqilotidir. Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: - shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish; - shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi; - ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish; - shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga chek usulida haq to'lashni tashqil etish; - yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash; - yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash; - shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega; - shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat nizomida nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish. Shirkat xo'jaligining mulk shakli bo'yicha ham jamoa xo'jaliklaridan farqi va afzalliklari mavjud bo'lib, ular quyidagilar: Shirkat xo'jaligining mulki uning a'zolari mulkidan tashqil topadi. Bunda har bir a'zoning mulki umumiy mulkning qismidan iborat, mulk egalari-paychilar boshqaruvda ishtirok etadi, boqimandalik tugatiladi, real manfaatdorlik ortadi va yil yakunida a'zolar xo'jalik daromadidan divident olish huquqiga ega bo'ladilar. Jamoa xo'jaligida esa, mulk jamoaniki, ammo egasi noma'lum. 2000 yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo'lmagan sektor mustahkamlandi va yetakchi o'rinni egallab, 1991 yil 63%ni tashkil qilgan bo'lsa, 1999 yil sentabr oyiga kelib qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4%ini egalladi. Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat yuritmoqda va ularda salkam 1,4 mln kishi mehnat qilmoqda. Agar 2000 yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21%i fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2006 yilda bu ko'rsatkich 86%dan oshib ketdi. Xulosa: Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlarning maqsadi-qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish. Qishloq xo'jaligi respublika iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda ustivor soha hisoblanganligi uchun ham bu sohaga katta e'tibor berilmoqda. Aholining daromadlarini bozor bilan bog'liq bo'lgan yangidn-yangi manbaalari ochilmoqda. Masalan, tadbirkorlik, aksiadorlik dividentlari, tomorqa mahsulotlarini sotish va h.k. Milliy bank, moliya tizimi rivojlanib bormoqda. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling