Namangan 2006 yil


FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana28.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1015476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ozbekiston tarixi 3

 
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Karimov I.A. Milliy mafkura-mamlakat poydevori (( Xalq so'zi.-2000.-7 yanv. 
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.-T.:O'zbekiston, 1998y.
3. Asqarov A., Abdullayev B. Djarkutan probleme protogorodskoy sivilizasii na yuge Uzbekistana.-T.: 1983 g. 
4. Askarov A. Sapallitepa.-T.: 1973 g. 
5. Bichurin N.YA. Sobraniye svedeniy o narodax, obitavhix v Sredney Azii v drevniye vremena. V 3-x t. T.2.-M-L, 1950 g. 
6. Zadneprovskiy YU.A. Drevnezemledelcheskaya kultura Fergano'.-M-L, 1962 g. 
7. Isomiddinov M.X. Sopolga bitilgan tarix.-T.:1993 y. 
8. Islamov U. Pervaya nijnepaleoliticheskaya stoyanka v Ferganskoy doline ((ONU.-1984.-
№8. 
9. Kabirov J, Sagdullayev A. O'rta Osiyo arxeologiyasi.-T.: 1990 g. 
10. 
Mahmudov T. «Avesto» haqida.-T.: Sharq, 2000 y. 
 
3-MAVZU: O'ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI. 
 
MAQSAD: Talabalarga xalqimizning etnogenezini va etnik tarixini chuqur o'rgatish va yetkazish. O'zbek xalqining shakllanish 
jarayoni haqida, eng qadimgi o'zbek elatlari, urug'lari to'g'risida ma'lumotlarni yetkazish. O'zbek xalqining etnik shakllanishining tarixiy 
bosqichlariga alohida to'xtalib o'tish. 
 
REJA: 
1. O’zbekiston hududa yashsgan qadimgi urug’ va qabilalar. 
2. 
O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uch muhim bosqich. 
3. Shakllanishdan keyingi jarayonlar . 
O'zbek ajdodlari elat bo'lib O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahrda (Farg'ona vodiysi bilan), Xorazmda, Toshkent 
vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat 
markazlaridan hisoblangan. 
Jez davrida O'rta Osiyo va Qozog'istonda bir-biridan farq qiluvchi ikki tarixiy-madaniy region mavjud bo'lgan: sug'orish usuli 
bilan dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o'troq aholi madaniyati va cho'l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli 
madaniyat. 
Arxeologlar tomonidan aniqlangan O'rta Osiyoning Markaziy viloyatlaridagi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi 
yog'och dahmali va Andronovolik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli aholi bilan yaqinlashib, qo'shilib ketishi 
natijasida vujudga kelgan. Antropologik manbalarga ko'ra, O'rta Osiyoda neolit davrida qadimgi yevropoid irqining ikki ilk turi mavjud 
bo'lgan. 
O'zbekistonning ilk temir davridagi etnik tarixida ilk davlatlar aholisi so'g'dilar, xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg'iyonaliklar va 
ko'chmanchi sak-massaget qabilalari muhim o'rin tutgan. Aholining o'troq va ko'chmanchi qismi ham Eron tilli qardosh xalqlar bo'lgan, 
ammo madaniyat jihatdan ular bir-birlaridan batamom farq qilgan. O'sha davrda yaratilgan «Avesto»da tilga olingan «tur» atamasi esa 
saklarga yohud O'rta Osiyodagi yashovchi Eron tilida gapiruvchi xalqlar hisoblanadi. Milloddan avvalgi 312-250 yillardagi Salavkiylar 
imperiyasi, Yunon-Baqtriya davlati (milloddan avvalgi 250-140 yillar) yerli aholining etnik tarkibiga katta o'zgarish kirita olmagan. 
Mil.avv. III asr boshida vujudga kelgan Qang' davlati (bu davlatga xunnlar va usunlar kelib o'rnashgan), Farg'ona davlati (mil. 
avv I asrdan turklashish jarayoni boshlangan) va milodiy I asrda vujudga kelgan Kushon davlati (yuechjilar-toxarlar) o'zbek etnik 
tarixida asosiy bosqichlardandir. 
II-IV asrlarda O'rta Osiyoga Janubiy Sibirdan, Yettisuv va Eftali etnoslari kelib o'rnashgan. Biroq, etnik tariximizning eng 
muhim davri Oltoyda vujudga kelib, O'rta Osiyoda tashkil topgan Turk xoqonligi davri hisoblanadi. 



Movarounnahr turklar tomonidan 555 yilda egallanadi. Bu davrda O'rta Osiyoda turkiyzabon aholining salmoqli qismi yashagan. 
Ularning turmush tarzi o'troq, yarim o'troq va ko'chmanchi bo'lgan. Bundan tashqari, fors-eron tilli aholi ham bo'lgan. Ikki til 
turkumidagi aholi bir-biriga singib borgan bu aralashuv natijasida o'zbek va tojik elatlari vujudga kelgan. Xoqonlik davrida vujudga 
kelgan etnik uyushmalar (o'g'uz, uyg'ur, qipchoq, qirg'iz) o'rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning shakllanishiga asos 
bo'ladilar. G'arbiy turk xoqonligida salmoqqa ega bo'lgan dulu qabilalari G'arbiy Jung'oriya va Yettisuvda (Ili bo'yida), Kushubiy 
qabilasi esa Sirdaryo bilan Farg'ona vodiysining g'arbiy mintaqalari bilan chegaradosh hududlarda yashagan. 
Turk xoqonligi inqirozidan keyin tashkil topgan turk xoqonligi Uyg'ur xoqonligi, Qarluqlar davlati, Kamon xoqonligi, O'g'uzlar 
davlati etnogenezga hissa qo'shgan. IX-X asrlarda o'g'uzlarning asosiy qismi Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida, Orol dengizining 
janubiy-sharqiy va shimoliy-sharqidagi cho'llarda yashagan. O'g'uz yabg'ularining qarorgohi Yangikent bo'lgan.
VIII asr 30 yillarigacha Movarounnahrning katta qismi arab xalifaligi tomonidan zabt etilgan.
O'zbek xalqining shakllanishi jarayonida Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida, unga tutash 
cho'llarda yashagan etnoslarning ham o'rni katta bo'lgan. IX-X asrlarda Markaziy Osiyo hududlarining etnik tarkibi bir tekisda 
bo'lmagan. Aholining katta qismi turkiyzabon bo'lgan. Vohalarda tojik xalqi ham yashagan. Arablar istilosidan keyin ayrim viloyatlarda 
arablar va boshqa etnik guruhlar ham joylashib olgan. Chorvador va o'troq xalqlar doimo bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqa qilib 
kelgan. Bu davrdagi etnik tarixni bayon etuvchi arab, fors va boshqi tildagi manbaalar juda ko'p (Istaxriy, Maqdisiy, ibn Xavqal, Al-
Ya'qubiy va x.k).
IX-X asrlar O'zbekiston tarixida Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronlik qilgan davrdir. Unda Farg'ona, Sug'diyona, 
Toxariston, Xorazm kabi tarixiy-geografik hududlar bo'lgan. Melodiy I-II asrlarda Xorazm vohasiga Amudaryo shimoli va Orol 
dengizining janubidagi cho'llarga turkiyzabon qabilalar, masalan, xunlar kelib o'rnashgan. Bundan tashqari, keyinchalik hokimiyat 
tepasiga turkiy sulolalar G'aznaviylar va Saljuqiylar keladi. Bu davrda turklashish jarayoni kuchaygan.
Turkiylar bilan sug'diylar yonma-yon yashab, bir-birlarining tillarini baravar bilishgan. Mahmud Qoshg'ariyning «Totsiz 
(so'g'diysiz) turk bo'lmas, bolesiz bo'rk bo'lmas» degan maqoli bunga isbotdir. Keyinroq so'g'diylar, xorazmiylar atroflaridagi turkiy 
qabilalar ta'sirida turk tiliga o'ta boshlashgan. XI asrda etnik jarayon bir necha yo'nalishda borgan:
1. 
XI asr birinchi yarmida va undan keyin Movarounnahrga kelib qolgan, ham batamom o'troqlashib ketmagan etnik 
guruhlar bir-birlari bilan yaqinlashib borgan. 
2. 
Chorvador qabilalarning turg'un turkiyzabon aholi bilan yaqinlashib borishi etnik jarayonning muhim yo'nalish 
hisoblangan.
3. 
Turkiy tilli aholi Movarounnahrda yashovchi tojik va arab tilli xalqlar bilan yaqinlashib, aralashib borishi ham etnik 
jarayonning muhim yo'nalishidir.
Qarluq-chigil dialekti VIII-X asrlarda Yettisuv, Sharqiy Turkistonning g'arbi, Sirdaryoning o'rta oqimlarida, Movarounnahrda 
keng tarqalgan til dialekti bo'lgan. XI-XII asrlarda Qoraxoniylar davlati hududida turkiy tilning uch yirik dialekti (Qarluq-chigil, o'g'uz 
va qipchoq) mavjud bo'lgan. Ularning ta'sir doirasi keng va kuchli bo'lgan. Markaziy Osiyoda turkiy tilda yozilgan birinchi yirik asar XI 
asrda Yusuf Xos Xojib tomonidan yaratilgan «Qutadg'u bilik» asari edi. XI-XII asrlar Markaziy Osiyoning madaniy yuksalish davri 
bo'lgan. 
O'zbek elatining alohida etnik birlik bo'lib shakllanishi uning ajdodlari ikki til (turkiy va eron turkumidagi xalqlarning aralashuvi 
jarayonida vujudga kelgan Qang' davlati tashkil topgach, xalqlarning bir-biri bilan yaqinlashish va aralashish jarayoni kuchaygan. 
Milodiy II-III asrlarda qang'ar elati shakllandi. Markaziy Osiyoda feodalizm bosqichida elat bo'lib shakllangan xalqlarning (turkman, 
qirg'iz, qoraqalpoq, qozoq, tojik) o'ziga xos etnik nomi bo'lgan. Keyinchalik bu nomlar ularning millat nomi bo'lib qolgan. Ilk o'rta 
asrlarda shakllangan o'zbek xalqi ajdodlari qat'iy bir nomga ega bo'lmagan. Ular elat bo'lib shakllangan kezlarda (IX-Xasr) uning etnik 
nomi vaqti-vaqti bilan o'zgarib turgan: turk, qarluq turklari, qoraxonlar, xoqoniylar va x.k. Ashina boshliq turklar Oltoy tog'larida xunlar 
bilan aralashadi. Turk xoqonligi inqirozidan keyin «turk atamasi ko'pchilik qabilalar uchun etnik nom emas, til umumiyligini 
anglatuvchi so'z bo'lib kelgan. Mahmud Qoshg'ariy Xitoydan Rum chegaralarigacha bo'lgan katta hududda yashovchi pecheneg, o'g'uz, 
qipchoq, chigil, stomak, boshqirt, basmil, qay, stabalu, tatar, qirg'iz, to'xsin, yag'mo, iqroq, styurub, stamul, uyg'ur qabilalarining 
ko'pchiligini turk deb atagan. Qoraxoniylar davrida xalqlar ongida umumturk tushunchasi kuchayadi. Bunda Afrosiyob, O'g'uzxon kabi 
afsonalar katta rol o'ynagan. Qarluq davlati chegarasida shakllangan o'zbek halqi ajdodlari «Qarluq turklari» yoki «xoqonliklar» deb 
nomlanganlar. XI-XII asrlar o'zbek elatining tarkibiga kirgan yarim ko'chmanchi va yarim o'troq etnik komponent izlari kuchli bo'lgan, 
o'sha davrda ajdodlarimizda o'zligini anglash hissiyot kuchli bo'lgan. Bundan tashqari ma'lum bir xalqning etnik birlik (elat) bo'lib 
yetishish darajasini belgilovchi yana bir qancha boshqa ko'rsatkichlar (iqtisodiy, madaniy, siyosiy, til, hudud birligi va x.k) ham mavjud. 
Qarluqlardan keyingi yirik etnos chigillar bo'lgan.
O'zbek elatining shakllanish jarayonida qatnashgan asosiy komponentlar quyidagilardir:
1. 
Asosiy negiz Movarounnahr, Xorazm va Toshkent vohasida va ularga tutash hududlarda qadimdan yashab kelgan turg'un 
turkiyzabon aholi. 
2. 
Qorluqlar va ularning davlati. 
3. 
Chigil va xalach qabilalari. 
4. 
O'g'uzlar tarkibiga kirgan yag'molar. 
5. 
G'arbiy turk xoqonligida dulu va kunshi qabilalari. 
6. 
Bundan tashqari dug'lat, arg'u, tuxsi, az, uz va boshqa etnoslar. 
7. 
Dulu qabila ittifoqlari tarkibidagi turkashlar. 
8. 
O'zbek xalqining tarkibidagi yirik etnik guruhlardan biri- qang'lilar. 
9. 
Qang'lilarga qarindosh qabila-pecheneglar. 
10. 
O'zbek xalqining etnogenetik jarayonida faol qatnashgan etnik guruhlardan biri qipchoqlar. Ularning salmoqli qismi 
qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, turkman, boshqird va boshqa turkiy xalqlarning tarkibiga ham kirib ularning elat bo'lib shakllanishida muhim 
rol o'ynagan. 
11. 
XIII-XIV asrlarda ro'y bergan etnik jarayon tufayli Dashti qipchoqda yashagan turkiy qabilalar bir-birlari bilan 
yaqinlashadilar. Natijada turk tilida so'zlovchi turk-mo'g'ul qorishmasidan tashkil topgan yangi etnos vujudga kelgan. 
12. 
Ilk ajdodlari Mo'g'ulistonning shimoliy g'arbida, hozirgi Tuva yerida yashab tele qabila ittifoqining tarkibida bo'lgan az 
qabilasi. 
13. 
VIII-IX asrlarda Sirdaryo bo'ylarida yashab, IX asr oxiri X asr boshlarida yirik davlat tuzgan o'g'uzlar. 
14. 
Ilk o'rta asrlarda Janubiy Sibir, Yettisuv va Sirdaryo sohillarida yashagan usun, obdal, sariq, qay, kun kabi bir qator 
etnoslar. 
Shakllangan o'zbek elatining keyingi tarixi xorazmshohlar va mo'g'ullar istilosi bilan davom etadi. Mo'g'ul istilosi tufayli 
Movarounnahr va unga qo'shni viloyatlar aholisi qariyb yarim asr davomida etnik tarkibini tiklay olmagan. XII asr ikkinchi yarmidan 
boshlab bu yerga etnik guruhlari kela boshlaydi. Bu davrda jaloyir, barlos, qavchin va arlot etnik guruhlari birinchilardan bo'lib kela 



boshlaydi. Shu bilan birga mo'g'ul qabilalari (Chig'atoy ulusining g'arbida yashovchilari turkiylashib, XIV asrning o'rtalarida o'z tillarini 
batamom unutib turkiy tilda so'zlashar edilar. 
XIV-XV va undan keyingi asrlarda muhim yashovchi o'zbek aholisi turkiy etnoslarning so'g'd-tojik va boshqa xalqlar bilan 
aralashib, qorishib borish jarayoni borgan. Bu davrda xalq tili ko'p dialektli bo'lib, adabiy tildan birmuncha farq qilgan. Adabiy til 
tarkibida aynan shu asrlarda tojik va arab so'zlari ko'paygan xalqning jonli tilida uchta asosiy sheva-qarluq, qipchoq va o'g'uz dialektlari 
mavjud bo'lgan Amir Temur davrida Movarounnahrga Old Osiyo mamlakatlaridan bir guruh aholi (100 ming) ko'chirib keltirilgan. 
XVI-XVIII asrlardagi xalqimizning etnik tarixi o'ziga xosdir. Chunki shu davrda xalqimiz «o'zbek» degan nom bilan atala 
boshlanadi. Bu shayboniylar sulolasi nomi bilan bog'liq edi. Shu asrlar va undan keyingi davrlarda O'zbekiston hududida rasmiy til 
o'zbek tili edi. Buxoro vohasida tojik tili ikkinchi til hisoblangan. O'zbek xalqi o'z qo'shinlari qardoshlari bilan etnik, iqtisodiy va 
madaniy aloqada bo'lgan. Qozoqlar va qoraqalpoqlar asosiy xalq bo'lgan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, IX-X asrlar davomida shakllangan o'zbek elatining o'zagi turkiy etnoslarning fors-tojik tilli 
aholi bilan asrlar davomida aralashib ketishdan hosil bo'lgan. XI-XII asrlar o'zbek elati tarkibida turkiy komponentlar ko'payadi. Shu 
asrlar mobaynida barcha etnik ko'rsatkichlar mujassamlashadi, o'zbek ajdodlarining alohida elat bo'lib shakllanishi nihoyasiga yetadi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling