Namangan 2006 yil


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana28.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1015476
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ozbekiston tarixi 3



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
O'ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 
O'ZBEKISTON TARIXI 
fanidan
ma'ruzalar matni
Tuzuvchilar: katta o’qituvchi Z.Haydarov 
o’qituvchi A.Isoqboyev 
NAMANGAN - 2006 YIL 
 


SO'Z BOSHI 
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish 
yo'liga o'tdi. Mustaqillik tufayli respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy hayotida juda katta tub o'zgarishlar ro'y 
berdi. O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o'tish, xalqaro 
munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, istiqlol xalqimizning ma'naviy uyg'onishi 
uchun to'la imkoniyat yaratdi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'zining bir qator risola va nutqlarida kishilar dunyoqarashi va 
jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning xususan, tarix fanining o'rni beqiyosligini ta'kidlab o'tdi. Jumladan, 
Prezidentimiz milliy mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o'rniga g'oyat yuksak baho berib: «Milliy mafkurani 
shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy yoritilgan tarixdir»,-deb ko'rsatdi. 
Darhaqiqat, o'zbek halqi mustaqillikka tinch yo'l bilan erishgan bo'lsa-da, istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari 
uzoq tarixga borib taqaladi. Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o'rganishga imkoniyat yaratildi va milliy 
tariximiz, ma'naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy to'siqlar bilan xalqdan ajratib qo'yishdek illatga barham berildi.
Mustabidchilik davrida hukmron kommunistik mafkura ta'sirida o'tmishimizdagi talaygina tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy 
harakatlar kommunistik, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo'ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto'g'ri talqin etildi. 
Buning uchun juda ko'plab misollarni keltirishimiz mumkin. Masalan, o'zbek millatining shakllanish jarayoni, o'zbek 
davlatchiligi tarixi muammolariga yuzaki tarzda yondoshildi. Yurtimiz tarixida muhim o'rin tutgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar, voqealar 
sohtalashtirildi. Buyuk tarixiy shaxslarimizning Vatan va millat oldidagi xizmatlari kamsitildi yoki umuman inobatga olinmadi. Amir 
Temur tarixi, jadidchilik harakati tarixi, istiqlolchilik harakati tarixi noxolis o'rganildi yoki o'rganilmadi. 
Tarixchilarimizning hozirgi kundagi dolzarb vazifalaridan biri, o'tmishimizdagi har bir hodisa va voqea ma'lum ijtimoiy-siyosiy, 
g'oyaviy muhit ta'sirida yuz berganligini hisobga olgan holda, asosli hujjatlarga tayanib, ushbu voqea, hodisalarni har tomonlama chuqur 
o'rganish hamda tahlil qilishdan iboratdir. 
«...O'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, 
xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur...»-ligini I.A.Karimov, alohida ta'kidlab o'tdi. 
Shu bois Namangan Davlat Universiteti «O'zbekiston tarixi» kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ushbu ma'ruzalar 
matni chop etilmoqda. Asosiy maqsad bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, talabalar, tadqiqotchilar va O'zbekiston tarixi fani 
bilan qiziquvchilarga tariximiz haqidagi bilimlarini yanada boyitish uchun yaqindan yordam berish. 
Albatta, mazkur ma'ruzalar matnida ham ayrim kamchiliklar bo'lishi mumkin. Shu sababli ushbu kitob mualliflari bildirilgan 
tanqid, taklif va mulohazalarni samimiyat bilan qabul qiladilar. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling