Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
O‘quv qo‘llanma – bu darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirishni ta’minlovchi ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg‘ulotlar olib borishga mo‘ljallangan nashr.
O‘qituvchilarni o‘quv dasturlari va darsliklardan ijodiy foydalanishga yo‘llash O‘qituvchi – bu ta’lim oluvchilarni hayotga, ongli mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida, jamiyat oldida javob bera oladigan, yoshlarga ta’lim – tarbiya berish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan va pedagogik faoliyat bilan kasbiy jihatdan shug‘ullanuvchi shaxsdir. O‘qituvchi va o‘quvchining dasturli faoliyati – bu o‘quv jarayonida ahamiyatsiz harakatlarni yo‘qotish, samarali o‘zaro aloqani ta’minlash va rejalashtirilgan natijalarga o‘z vaqtida erishish jarayonidan iboratdir. Bunda o‘qituvchi texnolog – nazoratchi sifatida qatnashadi. Ushbu jarayonda ta’lim maqsadini aniq ifodalab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o‘rganilayotgan o‘quv materiallarining mazmunini saralashda o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyat darajalarini, fanni bayon qilishning ilmiy tilini hisobga olishi va nihoyat, tashkiliy shakllarining mosini tanlab belgilangan vaqt doirasida samarali didaktik jarayonni tashkil etadi. O‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyatini olib borishdagi o‘quv dasturlari va darsliklardan foydalanishda quyidagi savollarga javoblar doimo ularda bo‘lishi kerak: 1. Ta’lim oluvchilar qanday kontseptsiyani (qarashni) talqin qilishi va unga amal qilishi kerak? 2. Kontseptsiya bilan tanishish uchun ta’lim oluvchilar qanday faoliyatni amalga oshirish kerak? 3. Ta’lim oluvchilar nimalarni kuzatishlari va yozib borishlari kerak? 4. Ta’lim oluvchilarga qanday ko‘rsatmalar berish kerak? 5. Ta’lim oluvchilar axborot yoki kashfiyotlarning qanday turlari to‘g‘risida fikr yuritishlari kerak? 6. Ularning “Kashfiyotlari”ni umumlashtirish uchun Men ta’lim oluvchilarga qanday yordam bera olaman? 7. Men ta’lim oluvchilarni qanday boshqarishim va xatto, ularning tushunishlari etarlicha bo‘lmasada, ular aniqlashi mumkin bo‘lgan narsalarni ularga etkazishdan o‘zimni to‘xtatib turishim mumkin. Ular kontseptsiyani to‘g‘ri shakllantirishlari (ifodalashlari) uchun ulardagi mavjud axborotdan foydalanishda Men ularga qanday yordam bera olaman? 8. Agar ta’lim oluvchilar nima uchun ana shu kontseptsiya muhim bo‘lib hisoblanadi, deb mendan so‘rashsa, men ta’lim oluvchilarga qanday javoblarni keltirishim mumkin? 9. Ta’lim oluvchilar ushbu kontseptsiyaga daxldor bo‘lgan avvalgi tajribalarga egadir! Men ushbu kontseptsiyani ta’lim oluvchilar intellektual salohiyati va tajribasi bilan qanday bog‘lay olaman? 10. Ushbu kontseptsiya ta’lim oluvchilarga muayyan fandan o‘zlari uchun foydani ko‘rishda yordam berishiga qanday misollar bor? Fan, texnika – texnologiya va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini tushunishda yordam berishigachi? Fan tarixi va mohiyatiga oid axborot olish uchun ularga yordam berishigachi? Ma’lumki, o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi – bu ta’lim oluvchining oliy o‘quv yurti dargohida o‘quv – biluv faoliyatidan iborat bo‘lgan jarayon. Albatta, ularda tayyorlanadigan mutaxassis yo‘nalishga mos o‘quv reja hamda DTSga mos o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va ularga mos pedagogik jarayon davom ettiriladi. Bu orqali ta’lim oluvchilarga kasb sir – asrorlarini o‘rgatish, ilmiy bilimlar berish, ta’lim oluvchining kasbiy mahorati haqida ma’lumotlar berib boriladi va ular o‘qituvchilik kasbi haqidagi bilimga ega bo‘lishi bilan birga ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko‘nikmaga aylantirishgagina emas, balki ta’lim oluvchilarni amaliy faoliyatga ijodiy yondasha oladigan qilib tayyorlash ham e’tiborda bo‘lmog‘i lozim. Bunday mashg‘ulotlar egallamoqchi bo‘lgan kasbining to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hissini uyg‘otadi va o‘z sohasining deyarli barcha jabhalariga ijodiy yondasha olish qobiliyatini shakllantiradi. Professor Q.T.Olimov, dots. R.X.Nurboev va bosh mutaxassis M.R.Eshpo‘latovlarning tadqiqotlari natijalari ham zamonaviy o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘lanma va shu kabilar)ni yaratish borasida o‘ta qimmatlidir [6]. Quyida ularning “Oliy ta’lim darsligi modeli, funktsiyalari va unga qo‘yilgan talablar” nomli ishidan zarur ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz. Darslik o‘quv metodik majmuaning yadrosi hisoblanib, uning atrofida qolgan o‘quv vositalari va manbalari guruhlashtiriladi. Boshqacha aytganda, darslik pedagog va talabaning o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi o‘qitish manbaidir. “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi”ga muvofiq “Darslik – davlat ta’lim standarti, fanning o‘quv dasturi, metodikasi va didaktik talablari asosida belgilangan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr”, - deb ta’kidlangan. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling