Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Download 1.08 Mb.
bet190/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Kasb-hunar kolleji – o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Kategoriya – fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish) – oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurish.
Korrektsiya (yunoncha «correctio» – tuzatish) – pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatish.
Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» – nuqson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Korrektsion-pedagogik faoliyat – yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimi.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Ko‘rgazmali metodlar – predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Litsey (kollejda) ma’ruza – o‘quv materialini o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyila ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling