Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish qo‘yiladigan umumiy talablar va shakllarda amalga oshiriladi:
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tizimi-Mutaxassislaming kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirish, ulami zamon talablariga javob bera oladigan qilib qayta tayyorlash.
Maktabdan tashqari ta’lim-Maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlaming ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ulaming bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
Nazorat savollar:
1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qachon va kim tomonidan qabul qilindi?
2. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning hayotga tatbiq etilishi qanday ahamiyatga ega?
3. Ushbu qonunning maqsadi nimadan iborat?
4. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun nechta bob va moddadan iborat?
5. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplarini izohlang.
6. Bilim olish huquqi nimalarni o‘z ichiga oladi?
7. Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega?
8. Ta’lim muassasasining huquqiy maqomini kimlar belgilaydi va u qanday huqlarga ega?
9. Davlat ta’lim standartlari nimani belgilaydi?
10. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi qanday ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi?
11. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim qanday turlarda amalga oshiriladi?
12. Maktabgacha ta’lim va tarbiya haqida so‘zlang?
13. Umumiy o‘rta ta’lim nechta bosqichdan iborat?
14. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga qanday talablar qo‘yiladi? Bugungi kunda bu ta’lim turiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
15. Oliy ta’limning ikki bosqichi haqida gapiring.
16. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
17. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi, unga qanday talablar qo‘yiladi?
18. Maktabdan tashqari ta’limning maqsad va vazifalari?
19. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning boshqa bo‘lim va moddalari haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |