Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?


Download 1.08 Mb.
bet84/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada er-xotining bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi»12. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodi nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab- quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir13.
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta’sir etadi.
(Har bir funksiya mohiyati tushuntirilgandan so‘ng kichik munozara tashkil etiladi)
Oilashunos olimlar: G‘.B.Shoumarov, N. Sog‘inov,E. Sattorovlar oilaning maqsadi: barkamol avlodni voyaga yetkazish va jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shish, deb ta’kidlaydilar.
Demak, oilaning asosiy maqsadi ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan oilaviy ahvolni rivojlantirish, jamiyatga sog‘lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash. Jamiyatdagi barcha yutuqlardan foydalangan holda, undagi illatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilishda faol ishtirok etish. Oila qal’a ekan, bu qal’ada bekinmachoq o‘ynamaslikni, yoshlikdan o‘yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlikni sezish kabi fazilatlar egallashi lozimligini tushunish kerak. Buning uchun o‘zimizda ma’suliyat hissi ko‘nikmasini his qilishimiz zarur.
Yosh avlodning hayotdagi ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar.
Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar almashish, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir ota-ona o‘z farzandini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashiga bog‘liq.
Bundan tashqari normal oilaviy muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘qishga, mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb qilishlari ham muvoffaqqiyat garovidir.
Shunday qilib, oilaning jamoatchilik bilan hamkorligining o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi (3-bo‘lim, 14-bob, 63-modda)14 qayd etilgan. Mustaqillik izohli ilmiy ommabop lugatida «Oila- kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy-madaniy organizm»15 ekanligi qayd etilgan.
Mustaqillik munosabati bilan o‘zbeklarning oilaviy hayotida urf-odatlar, an’analar qayta tiklandi( beshik to‘ylari, to‘y-aza munosabatlari va h.k). Bunday urf-odatlar oilani mustahkamlashning qo‘shimcha yo‘llaridan biridir. O‘zbekiston hukumati va shaxsan prezident I.A.Karimov oila masalalariga doim diqqat-e’tibor berib kelmoqdalar. (Masalan, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, maxsus Respublika bolalar jamg‘armasining bunyod etilishi, ko‘p bolali onalar uchun qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish va shu kabi tadbirlar). Davlatning oilaga bunday munosabati tushunarlidir. Chunki, oilalarning serfarzandligi jihatidan O‘zbekiston MDH davlatlari ichida Tojikistondan keyin ikkinchi o‘rindadir.
Oilaning jamoatchilik bilan hamkorligi yaqin bo‘lgandagina sog‘lom g‘oyalar, siyosiy ong va huquqiy madaniyat, mustaqil fikrlash, iymon, e’tiqod kabi tushunchalar ravnaqiga yetishadi. Bunda mahalla, bobolar va momolar tarbiyasi demokratiya darsxonasi bo‘lishi kerak.
Odatda deviatsiyalar o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. O‘spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o‘tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.O‘smirlik davrida o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yilaboshlaydi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling