Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Yugnakiy «Hibat ul-haqoyiq».
Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»
Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021-1022) tug‘ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo‘lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar. Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz.Kaykovus o‘z hayoti davomida ko‘rgan-bilganlari asosida o‘zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratdi. Kitobni u o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.«Qobusnoma» Sharqda, xususan Eronning o‘zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko‘ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo‘lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Kaykovus jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo‘lsa-yu, ammo hunari bo‘lmasa, u haloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo‘lur. Ulug‘lik aql va bilim biladur, nasl-nasab bila emas. Otni senga ota va onang qo‘ymishlar, sen unga g‘urra bo‘lmag‘il ... Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo‘lg‘il»1. Shuning uchun ham asarda turli kasb egalari ulug‘lanadi. Kasb-hunar o‘rganishni bilim olish bilan qo‘shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada qaraydi. Kaykovusning bu qarashlari o‘sha davrning ilg‘or qarashlaridan sanaladi. Asarda munajjimlik, er o‘lchash, musiqa, tibbiyot sohasidagi kasb egalarining faoliyati ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Ayniqsa, tibbiyot ilmiga oid qarashlari Kaykovusning zukko, donishmand, har tomonlama yetuk bilimga ega kishi bo‘lganligidan dalolat beradi. Ahmad Yugnakiy «Hibat ul-haqoyiq». Qoraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta’limiy-ahloqiy asarlardan yana biri Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”) asaridir. Asar mazmunini ham mazkur davrning ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlar tashkil etadi. “Hibat ul-haqoyiq” asari To‘g‘rul qilich Sipolisolorbekning nomiga atab yozilgan. Asarning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to‘g‘ri kelishi alohida ta’kidlanadi1. Ahmad Yugnakiyning hayoti va faoliyati borasida ma’lumot beruvchi manbalar juda kam. Mavjud ma’lumotlar ham asar mazmunidan keltirilgan dalillardangina iborat. Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” asarida boshqa ta’limiy-axloqiy asarlar kabi insonning barkamol ekanligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi – bu uning xushxulqliligidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Shuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bo‘lgan ijobiy hislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritar ekan, tilni tiyish, mol-dunyoga muhabbat qo‘yish salbiy fazilat ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek, insonda ushbu hislatlarni shakllanishiga ta’sir etuvchi muhit, shart-sharoitlar, baxillik, jamiyat va atrofdagi kishilarning manfaatlariga zarar etkazishdan saqlanish, harom va halolni bir-biridan farqlay olish, ularning farzlari haqida to‘xtalib o‘tadi. Ahmad Yugnakiyning ushbu asari o‘ziga xos pedagogik qiymatga ega bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur asarda ilgari surilgan g‘oyalar kishilar, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy-axloqiy kamolotga yo‘llaydi, ijtimoiy munosabatlar jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlarni ahillik, saxovat hamda hamjihatlik asosida bartaraf etib, adolat o‘rnatishga chorlaydi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling