Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim


Download 1.08 Mb.
bet27/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, adyutantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi.
Oliy ta’limdan so‘ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida intelektual salohiyatga ega, ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida maqsadga erishishning beshta elementi (shaxs, fan, ishlab chiqarish, uzluksiz ta’lim tizimi) o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik ko‘rsatib o‘tilgan. Etuk malakali, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etish orqali ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko‘zda tutilgan, ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan.
Mustaqillik yillarida pedagogika sohasida yirik tadqiqiotlar olib borildi. Masalan, ushbu sohada ko‘plab fan doktorlari va fan nomzodlari etishib chiqdi. Pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengashlar faoliyati son va sifat jihatdan yanada ortdi.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti, kasb hunar ta’limi ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo‘yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
2017 yildan boshlab mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ayniqsa maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimlarini tubdan takomillashtirish, ularni sifat jihatdan Xalqaro standart talablari darajasiga olib chiqish davlat ta’lim siyosatining ustuvor sohasiga aylandi.
Biroq, hozirgi paytda ta’lim sohasida amalga oshirilgan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z echimini kutayotgan jiddiy muammolar ham talaygina: amaldagi uzluksiz ta’lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida emasligini ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, 2020 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi Qonuni qabul qilindi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi yanada takomillashib, ta’lim olish uchun yangicha ijtimoiy muhit va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, va ma’naviy sohalarda olib borilayotgan davlat islohotlarida fuqarolarimizning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish – asosiy maqsad qilib olingan.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling