Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-reja bayoni.
Nazorat savollari
3.1. Temuriylar davrida ilm-fan, maktab, ta’lim va tarbiya rivojlanishiga qanday e’tibor qaratilgan? Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi va pedagogik qarashlarini ochib bering. Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarini izohlang. 4-reja bayoni. Mustaqillik e’lon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillardanoq O‘zbekiston hukumati ta’limga ustuvor soha sifatida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizning ta’lim sohasida aniq va ravshan, ilmiy asoslangan davlat siyosati olib borilib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslandi. Har bir fuqaroning bilim olishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirildi. Renspublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun dastlab 1992 yilda qabul qilinib, shu qonun asosida uzluksiz ta’lim tizimi faoliyat ko‘rsatdi. Besh yil davomida ta’lim sohasida olib borilgan harakatlar o‘zini to‘liq oqlay olmadi. Ta’lim tizimida yutuqlar bilan bir qatorda ayrim muammolar (8 yillik majburiy ta’lim oqibatlari) ham paydo bo‘ldi. Shu sababli 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” keng muhokama qilindi va tasdiqlandi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun uzluksiz ta’lim tizimining turlari, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligiga erishish va har bir fuqaroning ta’lim olishida konstitutsion huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Ta’lim sohasidagi islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyillari asoslab berildi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo‘lib xizmat qildi. Milliy dasturning asosiy maqsadi – uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatli bo‘ldi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga javob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadiga e’tibor berib kelinmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi, 1996-1997 yildan boshlab birinchi sinflarda o‘qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifbodagi dasturi, qo‘llanma, darsliklarning yaratilganligi – ta’lim sohasida qo‘yilgan dastlabki odimlar edi. O‘tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o‘quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib kela boshladilar. Viloyatlarda yangi-yangi biznes maktablari, kichik va o‘rta maxsus kasb hunar kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit va boshqa yangi mutaxasissliklar kiritildi. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o‘quv muassasalariga jalb etildi. “Mahalla”, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy”, “Ulug‘bek”, “Umid” jamg‘armalari ham ta’lim sohasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shdi. Kadrlar tayyordash milliy dasturini uch bosqichda ruyobga chiqarish vazxifalari belgilab berildi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling