Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Download 1.08 Mb.
bet26/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Maktabgacha ta’lim – bola shaxsini har tomonlama sog‘lom va etuk qilib o‘qishga tayyorlashni maqsad qilib olgan. Mazkur ta’lim uch yoshdan olti-etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga olib, u oilada, MTMda va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa xil ta’lim tashkilotlarida ham olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Boshlang‘ich ta’lim (I-IV cinf)
Umumiy o‘rta ta’lim (I-IX cinflar)
Boshlang‘ich ta’limda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’limda bilimlarni zarur hajmi beriladi. Bolalarda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Kasbga yo‘naltiradi, ta’limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi. Ixtisoslashtirilgan maktalar ham tashkil etilishi va bolalar qobiliyati, iste’dodga ko‘ra bunday maktablarda ta’lim olishi mumkin.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi.
Har bir yigit-qiz umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘lgandan so‘ng akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni ixtiyoriy ravishda tanlashi mumkin. Bu ta’lim muassasalarida o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lmaydi.
Litsey va kollejlar egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradi va hamda ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo‘ladigan maxsus, kasb-hunar ta’lim beradi.
Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat – oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beriladigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling