Namangan davlat pedaogika instituti pedagogika fakulteti


Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish


Download 1.65 Mb.
bet16/27
Sana30.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1410342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
2 Mirsaidova Tojixon

Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o’quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo’ladi. Bu esa boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’la- to’kis bilim berishda har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda o’quvchining qobiliyati namoyon bo’ladi. SHu o’rinda o’qituvchi birinchi bosqichda o’quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.
Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlar didaktik o’yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o’tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog’langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechimini o’rganishga imkoniyat beradi.
Boshlang’ich sinflarda bunday mashg’ulotlarda o’quvchilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika darsini o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda olib borish lozim.
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar haftasiga 5+2 bo’lib, dastur mazmuniga 2 soat qo’shimcha o’tiladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni qiziqishi va o’zlashtirishiga qarab fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi.
III — IV sinflarda ko’pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun ko’proq vaqt ajratiladi.
Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda o’qitish- darslik materiallarini takrorlamaydigan lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan (murakkab) o’quv materiallar o’rganilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.
Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o’rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg’ulotlarda tavsiya etiladi.

Boshlang’ich matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrni o’stirish.
Boshlang’ich matematika o’qitishda o’quvchilarning mantiqiy fikrini o’stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo, matematik bilimlarni bolalar aniq tushunishi uchun moslashtirilgan narsalarni o’zaro bog’liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar.
Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bila borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elementlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni «tahlil» deb ataymiz. Predmet va hodisalarni o’zaro bog’lab o’rganishni esa «sintez» deb ataymiz. Bu ikki fikrlash operatsiyasi o’zaro bir- biri bilan bog’liqdir.
Tahlil va sintez o’zaro bog’langan bo’lib, arifmetik qonuniyatlarni o’qitishda qanday qo’llansa, misol va masalalar yechishda ham shunday qo’llaniladi.
O’qitishning birinchi qadamidayoq, ya’ni, birinchi o’nlikni o’qitishda o’quvchilar ko’rgazmali qurol yordamida predmetlar to’plamini ularni elementlarga ajratib tahlil qiladi va ko’rgazma asosida elementlarni sintez (birlashtirib) qilib to’plam hosil qiladi.
Shunga o’xshash ko’rgazmali tahlil va sintezlar natijasida o’quvchilar ichki nutq yordamida fikrlab, ongli tahlil va sintez qilishga erishadilar.
Masalan, o’quvchi o’qituvchi yordamida “1- qatorga 5 marka, 2- qatorga 4 marka yopishtirildi. Ikki qatorga necha marka yopishtirildi” - degan masalani yechishi kerak.
Oldin o’quvchi o’qituvchi yordamida masala mazmunini tahlil qiladi. Masalada berilgan sonlarni (5 va 4) alohida markalarga ajratib, masalani shart va savol qismini aniqlaydi. O’quvchi ikki qatordagi markalarni fikran o’zaro birlashtirib sintez qiladi va masalaga javob topadi.
Bu yerda o’quvchi eng avval masalani tahlil qildi, masalada sonli berilganlarni va talab qilinganlarni aniqladi va sintez qilib javab topdi.
Boshlang’ich matematika o’qitishda taqqoslashdan ham keng foydalaniladi. Taqqoslash yordamida son, misol va masaladagi narsalarning bir xil va farq qiluvchi tomonlari aniqlaniladi.
Masalan, o’quvchiga sonni bir necha birlikka orttirish va bir necha marta orttirish to’g’risida taqqoslash berilgan bo’lsin:
O’qituvchi rahbarligida o’quvchi masalani taqqoslaydi va bir xil tomonlarni: ikkala masalada ham berilgan sonlar bir xil, ikkala masalada ham ikki qutidagi qalamlar haqida gapirilgan, savollar ham bir xil. Farqi: 1- masalada 2- qutida uch qalam ortiq, 2-masalada 2- qutida 3 marta ortiq qalam bor deyiladi.
Masala yechilgandan keyin o’quvchilar qaysi masala qaysi amal bilan yechilganini taqqoslaydi. 1-si qo’shish, 2- ko’paytirish bilan bajarildi. SHundan keyin masala sharti bilan masalani yechish usulini moslashtiradi.
Natijada o’quvchi nechta ortiq yoki kam degan shartda qaysi amallar ishlatilishini va necha marta ortiq yoki necha marta kam deganda qaysi amallar ishlatilishini fikrlab oladi.
Ba’zan ko’p qiymatli sonlar bilan masalalar yechishda analogiya usulini ham qo’llaydilar. Masalan: III- sinfda shunday masala yechiladi: ikkita meva saqlagichda 1568 kg olma bor edi. Birinchi meva saqlagichdan 240 kg, ikkinchisidan 364 kg olingandan keyin ikkalasida ham bir xil miqdorda olma qoldi. Har qaysi meva saqlagichda qancha olma bo’lgan?
Masalani yechishdan oldin o’qituvchi quyidagi masalani yechishni tavsiya qildi: ikki bolada 90 so’m bor edi. Ulardan birinchisi 45 so’m, ikkinchisi 35 so’m sarf qilganidan keyin ikkalasida baravar pul qoldi. Har bir bolada qanchadan pul bo’lgan?
O’quvchilar bu masalani hatto og’zaki ham yechishi mumkin. Bu masalani yechish rejasi va yo’llarini aniqlagandan keyin oldingi masalani shunga o’xshash yo’l bilan yechadi.
21-mavzu. Ixtisoslashtirilgan boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling