Namangan davlat universiteti 70530101-Kimyo(fan yo`nalishlari: organik kimyo va bioorganik kimyo ) magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi Xolmatov A’zamjon Olimjon o‘g‘lining “Centaurea belangeriana o’simligining terpenoidlari ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Bugungi kunda dunyoda oʼsimliklardan dorivor moddalarni ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini aniqlash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish boʼyicha koʼplab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyotda qoʼllanilayotgan dorivor preparatlarning 45 foizi oʼsimliklardan olinadi. Zamonaviy tibbiyotda oʼsimliklardan olinadigan dorivor vositalarga boʼlgan talab ortib bormoqda. Shuning uchun, oʼsimliklardan fiziologik faol moddalarni ajratib olish va tibbiyot uchun yangi samarali dori vositalarini yaratish muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyati Centaurea belangeriana oʼsimligining uchuvchan moddalar komponent tarkibi, terpenoidlari va ular hosilalari asosida biologik faollikka ega bo`lgan birikmalarining fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari hamda biologik faolligini tadqiq etishdan iborat.
Amaliy ahamiyati sifatida Centaurea belangeriana gulining diuretik, yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi, diaforetik, xususiyatlari bor. Infuziyalar buyraklar, siydik yo'llarining surunkali kasalliklari, yallig'lanish jarayonlari va shishlar uchun ishlatiladi. Shuningdek damlamalar ajoyib xoleretik vosita bo'lib, ular jigar va o't yo'llari kasalliklari uchun ishlatiladi. Centaurea belangeriana ovqat hazm qilishda foydali ta'sir ko'rsatadi, ishtahani oshiradi. Oshqozon preparatlarining bir qismi sifatida ichak kasalliklari uchun tavsiya etiladi. Ushbu dissertatsiya ishi 3 ta bob, xulosa va adabiyotlardan iborat.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari tahlili bo’yicha, NamDU maqolalar to’plamida maqola chop etildi. Magistrlik dissertatsiyasi “Magistratura togrisida”gi Nizomda korsatilgan barcha talablarga mos keladi va bu ishni rasmiy himoyaga tavsiya etaman.
Namangan davlat universiteti
Organik kimyo kafedrasi professori, k.f.d. Sh.V.Abdullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |