24
tutadi va ular ham ijtimoiy ta’minot huquqlarini amalga oshirilishida muhim o‘rin
tutadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra: "O‘zbekiston
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi,
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat
prinsiplariga mos bo‘lishi shart".
Konstitutsiyaning 43-moddasiga binoan esa "Davlat
fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini
ta’minlaydi".
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ijtimoiy ta’minotga oid
qonunchilik tizimi shakllanishi va rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy yuridik zamin bo‘lib xizmat qiladi.
1. Ijtimoiy ta’minotga oid qonunlar. Fuqarolarni ijtimoiy ta’minotini amalga
oshirish va ularni ijtimoiy himoyalash qonunlar asosida amalga oshiriladi.
Qonun
oliy yuridik kuchga ega va vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan
yuridik hujjat sifatida huquqlar va ularning kafolatlarini nazarda tutadi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilinadi
va shu tufayli hech bir
qonunosti hujjati qonunlarga zid bo‘lishi mumkin emas.
Fuqarolar ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasi sohasida quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: