Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining 
bevosita ishtirok etishlari tamoyili. 
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etilayotganligi, kuchli 
davlatchilikdan kuchli jamiyatga tomon rivojlanib borilayotganligi namoyon


19 
bo‘lishi ko‘rinishlaridan biri - davlatga xos funksiyalar jamiyatga o‘tkaza 
borilayotganligida, avval davlat organlari bajarib kelgan vazifalar 
bosqichma-bosqich fuqarolar yig‘inlari, boshqa jamoat organlari zimmasiga 
yuklanayotganligida ko‘zga tashlanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida korxona va 
tashkilotlar, ularning mehnat jamoalari, turli nodavlat-nohukumat jamg‘armalari, 
xayriya tashkilotlari, tadbirkor fuqarolar va boshqa shaxslar ham ishtirok etib 
kelmoqdalar. Bu tendensiyaning tobora kuchayib borishi bashorat qilinmoqda. 
Binobarin ojizlarga rahm-shafqat qilish, yordam qo‘lini cho‘zish, sahovatpeshalik, 
bag‘rikenglik o‘zbek xalqining milliy xususiyati bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib 
kelayotgan bebaho an’analarimizdan, qadimiy qadriyatlarimizdan sanaladi.
Bozor islohotlarini izchil amalga oshirish, yirik davlat ijtimoiy dasturlari, 
jumladan, "Sog‘lom avlod", "Ona va bola", "Sihat-salomatlik yili", "Oila yili", 
"Ijtimoiy himoya yili", "Yoshlar yili" va boshqa dasturlarni hayotga tadbiq etish 
orqali mamlakatda insonning, avvalo, bolalar, ayollar, yoshlarning ijtimoiy, 
iqtisodiy huquqlarini butun choralar bilan himoya qilish, ularning har tomonlama 
barkamol rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
5) Mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot xilma-xil shakllarda amalga 
oshirilishi tamoyili. Ijtimoiy ta’minotga oid qonunchilik hujjatlarida ta’minot har 
xil shakllarda, xususan, pensiyalar, , bir martalik moddiy yordamlar, ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatish, muayyan imtiyozlar va yengilliklar ko‘rinishida amalga 
oshirilishi nazarda tutilgan. Kelgusida ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari yanada 
xilma-xillashuvi shaklan mukammallashib borishi kutilmoqda.
Ijtimoiy ta’minotning qaysi shaklda amalga oshirilishi masalasi aniq shart-
sharoitlar hisobga olingani holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Ijtimoiy ta’minotning asosiy shakli pensiyalar va berishdan iborat ekanligi 
shubhasiz hamda ijtimoiy ta’minotning ushbu ikki shakli yetakchi mavqeini saqlab 
qolishi aniq, ammo pensiya va ham shaklan takomillashtirib borilishi tabiiy holdir.
6) Ijtimoiy ta’minotni nodavlat, homiylar mablag‘lari 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling