Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
). Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ huquqiy
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
5). Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ huquqiy
hujjatlari. Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 12-moddasiga ko‘ra: "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin". Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi lozim. Aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta’minot sohasida qonunlarni ijro etilishi idoraviy me’yoriy hujjatlar vositasida ta’min etiladi. Ijtimoiy ta’minotga oid idoraviy normativ huquqiy hujjatlar turli vazirlik va idoralar tomonidan qabul 34 qilinishi mumkin. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi o‘rinda turadi. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotga oid qonunlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab idoraviy me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vzirligi tomonidan 20.05.2003 yil 20 mayda 1136-1-son bilan ro‘yxatga olingan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom" 20 ; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 3 sentabrda 1710-son bilan ro‘yxatga olingan "Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig‘ma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnoma" 21 ; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 20 iyulda 198-1-son bilan ro‘yxatga olingan "Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash to‘g‘risidagi Tartibga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qaror 22 ; “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2015 yil 30 yanvardagi 6-sonli buyrug‘i;O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017 yil 7-martdagi buyrug‘i va boshqalar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling