Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
). Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ huquqiy
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro huquqiy hujjatlar ijtimoiy ta’minot huquqining manbai sifatida.
6). Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ huquqiy
hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 104-moddasiga ko‘ra Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, Shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasiga muvofiq "Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. 20 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 31-32-сон, 326-модда. 21 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 35-36-сон, 368-модда. 22 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2005 йил, 28-29-сон, 218-модда. 35 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Shuningdek yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi" O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonuni 6-moddasiga ko‘ra: "Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir" 23. 7). Xalqaro huquqiy hujjatlar ijtimoiy ta’minot huquqining manbai sifatida. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan halqaro huquqiy hujjatlar milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilinishi orqali ham, uni bevosita ham qo‘llanilishi mumkin va Shu sababli ular ijtimoiy ta’minot huquqining manbai sanalishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida ko‘rsatib qo‘yilganidek: xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi so‘zsiz e’tirof qilinadi va milliy qonunchilik normasi bilan O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro huquqiy xujjat o‘rtasida raqobat paydo bo‘lganida xalqaro huquqiy hujjatga ustuvorlik beriladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi manbai sifatida xalqaro huquqiy hujjatlar haqida so‘z borganda eng avvalo Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari standartlari sanaluvchi va O‘zbepkiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi", "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro Pakti, Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Xalqaro Pakt va uning fakultativ protokollari, va boshqalar nazarda tutiladi. Bunday xalqaro huquqiy hujjatlar orasida Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyalari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasida qabul qilingan Bitim va kelishuvlar nazarda tutiladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari va ularning oila a’zolarini 23 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаш Ахборотномаси 1993 й. 9-сон, 320-модда 36 ijtimoiy himoyalash va qo‘shimcha ijtimoiy ta’minlash maqsadida qabul qilingan va jamoa shartnomasi va boshqa lokal me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan normalar ham ijtimoiy ta’minot huquqi manbalari sifatida qaralishi mumkin. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling