Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
4). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq 17 Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasining Hukumati -O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi. 15 “Халқ сўзи”, 2009 йил 31 декабрь 16 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 4-6-сон, 39-модда. 17 // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2003 й. 9-10-сон, 138-модда 32 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Axolini ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy himoyalash sohasida Vazirlar Mahkamasi qonunlarni ijro etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi ""Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 249-sonli qarori 18 bilan davlat pensiyalarini tayinlash va hisoblashga doir normativ huquqiy hujjatlar majmuyi tasdiqlandi (qarorning 15 ta ilovalari). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qarori 19 ; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 252-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini Shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish xaqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 46-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 18 Ўзбекстон Республикаси Ҳукумати қарорлари тўплами. 1994., 5-сон 27-модда. 19 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 19-20-сон, 195-модда . 33 Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”. 2018 yil 25 sentabr 766-sonli Qarori. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling