Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI AKAYEVA MARAPAT ABDUXALIKOVNA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQI O‘quv qo‘llanma Namangan-2019 2 Mazkur o‘quv qo‘llanma Namangan davlat universiteti Kengashining yig‘ilish qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. (2019 yil 1 may № 9 sonli bayonnoma) Muallif: Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslar va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti, yu.f.n.-Akayeva Marapat Abduxalikovna Mas’ul muharrir: Byudjetdan tashqari Pesiya jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari: Temirov Rustamjon Sodiqjonovich Taqrizchilar: Namangan viloyat “Namangan advokatlar xay`ati” advokatlar xay’ati Boshqaruvchisi advokat Raxmonov Yаkubjon Raxmonovich Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi кafedrasi katta o‘qituvchisi Chuboeva Ozodaxon Mazkur o‘quv qo‘llanmada «Ijtimoiy ta’minot huquqi» fanini o‘zlashtirishda talabalarga asosiy e’tibor berilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek talabalarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida nazorat savollari hamda testlar ham berilgan. O‘quv qo‘llanmani yozishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlaridan. Prezident Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan Qarorlar va boshqa qonun osti normativ hujjatlaridan foydalanildi. O‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun «Ijtimoiy ta’minot huquqi» fanini mustaqil o‘rganishlarida yaqin ko‘makchi vazifasini o‘taydi. Данное учебное пособие содержит рекомендации по вопросам, основным из которых дольжно быть уделено внимание при освоении предмета «Право социального обеспечения»,а также контрольные вопросы и тесты с целью закрепления знаний студентов. При написании учебное пособия было использовано законы Республики Узбекистан, указы Президента, постановления Кабинета Министров и другие подзаконные нормативные акты. This manual contais rekommendations on issies which should be paid attention while mastering the subject “Law of social security”, fs well as quzzes and test in order to consolidate students` knowledge. There were used the laws of the Republik of Uzbekistan, Decrees, Resolitions issued by the Cabinet of Ministers, and other statutory dokuments in the manual. Ijtimoiy ta’minot huquqi –Namangan. 2019 - 196 saxifa. 3 KIRISH Davlat ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida bugun, respublikamizda ulkan ishlar olib borilmoqda. O‘quv muassasalarining ta’lim sohasi va yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘quv darsliklari bilan ta’minlash masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi sifatida fuqarolarni turli shakllarda ijtimoiy ta’minlash, ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishi bilan mashg‘ul bo‘lgan davlat organlari tizimi, ularning ishlash rejimi, aholini ijtimoiy ta’minlash masalalarini huquqiy tartibga solish jarayonining xususiyatlari, bu jarayonning rivojlanish tendensiyalari, muammolari, bu muammolarni hal etilish masalalari, ijtimoiy ta’minot va yordam shakllari, ularning yanada takomillashtirilishi, ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilish usullarini hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish kabi nazariy masalalar hamda ularning amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan shug‘ullanadi. Zero, ijtimoiy ta’minot huquqi alohida huquq sohasi, ilm-fan sohasi va o‘quv predmeti hisoblanadi. Huquq sohasi ijtimoiy hayotdagi munosabatlarni tartibga solsa va mustahkamlasa, ilm-fan esa uni o‘rganadi. Ijtimoiy ta’minot deganda asosan davlat yo‘li bilan fuqarolarni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari nazarda tutiladi. Ammo bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning boshqa ko‘rinishlari ham yuzaga kela boshladi. Xususan, O‘zbekistonda «Nuroniy», «Sog‘lom avlod uchun», «Mahalla», Bolalar va boshqa ijtimoiy jamg‘armalarning tashkil etilganligi; turli korxonalar, tashkilotlar, ayrim fuqarolar tomonidan xayr-ehson tarzida turli yordamlar, tadbirlar uyushtirilayotganligi nodavlat ijtimoiy ta’minot tizimlarini ham asta-sekin shakllantirib borilayotganligidan, aholining yordamga muhtoj, zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishda ularning o‘rni, salmog‘i ortib borayotganligidan darak beradi. Aminmizki, qo‘lingizdagi o‘quv-qo‘llanma Sizni ijtimoiy ta’minot huquqi sohasidagi bilimlaringizni boyitishda yaqin ko‘makdosh, yelkadosh bo‘ladi. Muallif ushbu o‘quv qo‘llanma xususida bildirilgan fikr va mulohazalar uchun oldindan chuqur minnatdorchilik bildiradi. 4 Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling