Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘quv kursi va qonunchilik tarmog‘ining


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

1.3. Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘quv kursi va qonunchilik tarmog‘ining 
tizimlari.
Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi sifatida muayyan izchillikda o‘zaro 
bog‘langan huquqiy tushuncha va institutlar tizimidan iboratdir.
Ijtimoiy ta’minot huquqi fanining huquq institutlari bir-biri bilan predmeti
maqsadi va vazifalar hamda boshqa jihatlariga ko‘ra yaqin bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar guruhini tartibga soladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi institutlari ushbu 
fanga oid ijtimoiy munosabatlarni tabaqalashgan xolda va ayni paytda yaxlit huquq 
soxasiga oid predmet sifatida tartibga solish imkonini beradi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi fani umumiy va maxsus qismlarga bo‘linishi 
mumkin.


13 
Umumiy qismga ta’lluqli huquq institutlari umumiy tusdagi tushunchalar, 
ijtimoiy ta’minotga oid har qanday huquqiy munosabatlarga tatbiq etiladigan 
huquqiy mexanizmlar, ilmiy kategoriyalardan tashkil topadi. Jumladan, fanning 
predmeti, uslublari, ijtmoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat tushunchasi, uning 
vujudga kelishiga oid tasavvurlar, ijtimoiy ta’minot huquqiy munosabat ob’ektlari 
va sub’ektlari, huquq va muomala layoqati, ijtimoiy ta’minotni amalga 
oshirish vazifasi yuklatilgan davlat organlari, nodavlat tuzilmalarining statusi, 
ijtimoiy ta’minot munosabatlarida muddatlar va ayrim yuridik hatti - harakatlarni 
amalga oshirishning umumiy tartiblari kabi masalalar fanning umumiy qismini 
tashkil qiladi.
Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus qismida ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy 
himoyaning ayrim shakllari, ularni amalga oshirishning
maxsus tartib-qoidalari 
bilan bog‘liq tushunchalar o‘rganiladi. Fanning umumiy va maxsus qismlari 
yaxlit bir butunning bo‘laklaridan iboratdir.
Ijtimoiy ta’minot qonunchilik tarmog‘i ham o‘ziga xos tizimga ega bo‘lib, 
umuman olganda fanning tizimi qonunchilik tizimiga mos keladi.
Ijtimoiy ta’minot qonunchiligi tizimini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyani amalga oshirishga doir umumiy 
qoidalar.
2. Ijtimoiy ta’minot organlari maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
3. Fuqarolarni davlat pensiyalari bilan ta’minlash;
4. Fuqarolarni nafaqalar va moddiy yordamlar bilan ta’minlash;
5. Fuqarolarni ijtimoiy himoyalash.
6. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan natural ko‘rinishdagi ijtimoiy 
yordamlar;
7. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan qo‘shimcha kafolat va 
imtiyozlar;
8. Ijtimoiy ta’minot sohasidagi nizolarni hal etish, huquqlarni himoya qilishga 
doir qonun hujjatlari;


14 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling