Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minot huquqi kursining boshqa huquqiy va iqtisodiy
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1.4. Ijtimoiy ta’minot huquqi kursining boshqa huquqiy va iqtisodiy
fanlar bilan o‘zaro munosabati Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi sifatida boshqa bir qator huquqiy hamda iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning yutuqlaridan foydalanadi hamda umumiy tushunchalarga ega bo‘ladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi, eng avvalo, mehnat huquqi fani bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy ta’minot huquqi fani ham mehnat huquqi fani foydalanadigan mehnat staji, o‘rtacha ish haqi miqdori, ishlab chiqarishda sog‘liqqa zarar yetkazilishi, kasb kasalliklari kabi bir qator umumiy tushunchalardan foydalanadi. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi xodim mehnat faoliyati yuritgan davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi fondiga badal to‘langanligi bilan bog‘langan. Mehnat huquqi va ijtimoiy ta’minot huquqi umumiy normativ-huquqiy hujjatlar asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, mehnat qonun hujjatlari ijtimoiy ta’minot munosabatlariga va ijtimoiy ta’minotga oid me’yoriy hujjatlar mehnat munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladigan hol tez-tez uchrab turadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-bobi "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi" deb nomlanadi va unda ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllari va bu huquqdan foydalanishning umumiy shartlari nazarda tutilgan (MKning 282-294- moddalari). Shu bilan birga ushbu ikki huquq sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib, ularni alohida huquqiy fan ekanligini tavsiflaydi. Xususan, mehnat huquqining predmeti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari bo‘lsa, ijtimoiy ta’minot huquqining predmeti odatda o‘tgan davrda mehnat munosabatida bo‘lgan, zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan fuqaro bilan davlat yoki jamoat ijtimoiy ta’minot organlari o‘rtasidagi munosabat sanaladi. Mehnat huquqiy munosabatlari ixtiyoriylikka, tomonlar tengligiga asoslangan holda yuzaga kelsa, ijtimoiy ta’minot munosabatlari zarur yuridik tarkib mavjud bo‘lganida ijtimoiy ta’minot organi xohishiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda yuzaga kelaveradi ammo uning ishtirokchilari teng huquqli bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling