Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minot xuquqi fuqarolik xuquqi bilan ko‘pgina umumiy
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ta’minot huquqi oila huquqi bilan yaqindan bog’liq
- Ijtimoiy ta’minot huquqi ma’muriy xuquq bilan o‘zaro o‘xshash
- 1.5 Ijtimoiy ta’minot olish huquqiga oid tamoyillar va ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida aks etishi.
Ijtimoiy ta’minot xuquqi fuqarolik xuquqi bilan ko‘pgina umumiy
xususiyatlarga ega. Xususan, huquq va muomala layoqati, uning paydo bo‘lishi, cheklanishi, muomalaga layoqatsiz deb topish, yetkazilgan zarar va uning qoplanishi, yuridik shaxs va uning maqomi masalalarida fuqarolik qonunchiligi tushunchalaridan hamda qoidalaridan keng foydalanildi. Ayniqsa hozirgi paytda paydo bo‘layotgan va keng tarqala boshlagan xayr-ehson qilish yo‘li bilan ijtimoiy ta’minotda ishtirok etish masalalari fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. Turli yuridik va jismoniy shaxslar ko‘rsatadigan insonparvarlik yordamlarining huquqiy asoslari fuqarolik qonunchiligi sanaladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi oila huquqi bilan yaqindan bog’liq va ijtimoiy ta’minot huquqida keng qo‘llaniladigan qarindosh-urug‘lar, homiylik va vasiylik organlari, qaramog‘ida bo‘lganlik kabi qator yuridik tushunchalar oila qonunchiligi normalari bilan nazarda tutilgan. Ijtimoiy ta’minot huquqi ma’muriy xuquq bilan o‘zaro o‘xshash, chunki ijtimoiy ta’minot sohasini boshqarish va ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida ma’muriy huquqiy usullardan foydalaniladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi moliya huquqi bilan ham o‘zaro bog‘liq. Aholini ijtimoiy ta’minlash, nafaqa va kompensatsiyalar berishni tashkil qilish, monitoringini amalga oshirish, javobgarlik qo‘llash sohasidagi vakolatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va uning joylardagi tarkibiy orgnalariga o‘tkazilishi bilan Ijtimoiy ta’minot huquqining Ma’muriy va moliya huquqi sohalari bilan aloqadorligi yana ham kuchaytirildi. 16 1.5 Ijtimoiy ta’minot olish huquqiga oid tamoyillar va ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida aks etishi. Ijtimoiy ta’minot huquqi fanining tamoyillari - ya’ni uni amalga oshirilishiga oid g‘oyalar, eng avvalo, umume’tirof etgan universal xalqaro huquqiy standartlar sanalmish BMTning "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi", "Iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt"ga, boshqa yetakchi xalqaro huquqiy hujjatlarga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida" Farmonida 4 qayd etib o‘tilganidek: "Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 60 ta asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida o‘z ifodasini topgan. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasida har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zurur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishiga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan bo‘lib, unda ijtimoiy ta’minotning barcha asosiy tamoyillari o‘z ifodasini topgandir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning asosidagi milliy qonunchilik tizimimizga mansub bo‘lgan qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida ham ijtimoiy ta’minot tamoyillari nazarda tutib qo’yilgan. 4 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Палаталари Ахборотномаси. 2008., 5-сон, 253-модда. 17 Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishning eng yetakchi tamoyillari Respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, mamlakatimizda bozor iqtisodiga asoslangan huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy qarashlarida bayon etilgan. Jumladan, «...demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash va kafolatlarning kuchli, ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta’minlash mumkin»ligi haqida Respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning g‘oyalari 5 mamlakatimizda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishidagi tub tamoyilni tashkil qildi. Ijtimoiy ta’minot huquqining tamoyillari umumhuquqiy tamoyillardan hamda turli shakllardagi ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga bevosita taalluqli bo‘lgan o‘ziga xos tamoyillardan iboratdir. Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus tamoyillari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling