Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi va qonunchilik tarmog‘i sifatida
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi va qonunchilik tarmog‘i sifatida
o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Uning fan sohasi sifatidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a). Ijtmoiy ta’minotga oid munosabatlarni o‘rganish, tahlil qilish va bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan sharoitda uni optimallashtirish yo‘llari hamda vositalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy nazariy tavsiyalar ishlab chiqish; b). Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyaga oid qonunchilikni xalqaro standartlar va ilg‘or mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda takomillashtirsh yuzasidan takliflarni ilgari surish, ijtimoiy ta’minot va ijtimoy himoya sohasidagi huquqiy islohotlar konsepsiyasini ilgari surish va ilmiy-nazariy jihatdan asoslash; v). Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi davlat organlari ish faoliyatini, tarkibiy tuzilishini va samaradorligini yanada oshirishga oid nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; g). Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash, ular malakasini oshirish; d). Ijtimoiy ta’minot sohasida chet el tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va ulardan foydalanishga doir takliflar berish va xokazolar. Ijtimoy ta’minot qonunchilik tarmog‘ining vazifalari fanning vazifalaridan farq qiladi. Jumladan, Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunning muqaddimasida qayd etilganidek: "Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi". 12 Ijtimoiy ta’minotga oid qonunchilik tarmog‘ining vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1). Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqlarini belgilash; 2). Bu huquqlarni ro‘yobga chiqarilish mexanizmlarini ko‘zda tutish; 3). Ijtimoiy ta’minot olish huquqi shartlari va asoslari nimalardan iborat ekanini aniqlash; 4). Ijtimoiy ta’minot huquqidan foydalanish chog‘ida kamsitishlarga va ijtimoiy adolatsizliklarning boshqa har qanday shakliga yo‘l qo‘ymaslik; 5). Ijtmoiy ta’minotni amalga oshirilishida qonuniylik tamoyili ustuvorligiga erishish; 6). Fuqarolarning, ayniqsa ijtimoiy ko‘makka muxtoj shaxslar turmush darajasi yetarli darajada bo‘lishiga erishish; 7). Ijtimioiy ta’minot va ijtimoiy himoyani amalga oshiruvchi davlat va nodavlat organlari ish faoliyati samaradorligiga va ular tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari to‘la ta’min etilishiga erishish va boshqalar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling