Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olish huquqi va uning


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

1.1. Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olish huquqi va uning
amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
1
39-moddasida "Har kim 
qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish 
huquqiga ega" deb e’lon qilingan. Ushbu konstitutsiyaviy huquq fuqarolarimizning 
eng muhim ijtimoiy va iqtisodiy huquqlaridan biri sifatida davlatimiz tomonidan 
har tomonlama kafolatlab qo‘yilgan. 
Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi davlat 
pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu loyiha 2018 yil 28 
aprelda umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.“Davlat pensiya tizimini islox qilish 



konsepsiyasiga ko‘rsatilishicha
2
 - 2018 yil 1 may holatiga O‘zbekiston 
Respublikasida 3,3 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo‘lib, 
bu fuqarolardan 103,1 ming nafari (yoki 3,2 foizi) pensiyaga chiqqandan so‘ng ish 
faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Ushbu tizim 3,3 milliondan ortiq fuqaroni 
qamragan. Bu mamlakat aholisining taxminan 10 foizi, demakdir. Bunda yoshga 
doir pensiya oluvchilar – 2 502,6 ming, nogironlik pensiyasi oluvchilar– 360,3 
ming, boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oluvchilar – 168,5 ming va 
ijtimoiy nafaqa oluvchilar–294,1 ming nafarni tashkil etadi. 
Demografik bashoratlarga ko‘ra, 2018-2025 yillarda pensiya yoshidagi 
aholining ulushi (1,2 million kishiga) oshishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, 
Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib 
keladi. Ta’kidlash joizki, pensionerlar sonining ishlovchi aholiga nisbati 2009 
yildagi 61 foizdan 2017 yilda 66 foizga o‘sgan

O‘zbekiston Respublikasida 
so‘nggi yillar davomida iqtisodiy faol aholi hissasiga ijtimoiy badallar bo‘yicha 
yuklama tobora oshmoqda. Shunday qilib, 2016 yildan boshlab, O‘zbekiston 
Respublikasida pensiya tayinlash uchun yillik murojaatlar sonini ortib borishi 
(yillik o‘rtacha o‘sish – 16 ming nafar fuqaro) kuzatilmoqda va 2025 yilga borib 
300 ming nafarga ortishi kutilmoqda. Yoshga doir pensiya tayinlash uchun 
murojaatlarning asosiy o‘sishi, tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan (50-60-yillardagi 
“Bebi-bum”) davrda tug‘ilgan fuqarolarning umumiy belgilangan pensiya yoshiga 
yetishi bilan bog‘liqdir. Mamlakat aholisining qarib borishi ko‘rsatkichi Shuni 
ko‘rsatadiki, pensiya yoshidagi aholining soni o‘sish tendensiyasiga ega (2010 
yildagi aholining umumiy soniga nisbatan 5,9 foizdan 2018 yilga kelib 
7,4 foizgacha). Statistik tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan boshlab 
pensiya yoshidagi aholi soni 9 foizdan ortadi va 2025 yilga borib 11 foizga yetadi 
(2011 yildagi 6,2 foizga nisbatan
).
Shu bilan birga, fuqarolar pensiya ta’minoti 
tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu pensiya yoshi hisoblanadi. O‘tkazilgan 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси –Т.: Ўзбекистон, 2018. 
2
Молия вазирлиги ҳузуридаги Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси давлат пенсия тизимини ислоҳ 
қилиш концепцияси лойиҳаси ишлаб чиқилди. 2018 йил 



tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar 
uchun 62 yoshni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5 yoshni tashkil 
etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). Markaziy Osiyo 
davlatlarida, masalan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yoshga doir 
pensiyaga chiqish huquqi erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun –58 yosh. 
Qozog‘istonda ayollarning pensiya yoshini 63 yoshga etkazish, bunda har yili 
pensiya yoshni 6 oyga bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan amalga oshirib 
boriladi. Turkmanistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 62 yoshni, ayollar uchun 
57 yoshni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti birinchi marotaba Murojaatnoma 
qildi va unda:-“Taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2017 yilda amalga 
oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Murojaatnomani e’tiboringizga havola etishga ruxsat bergaysiz.
Avvalo, yil davomida mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun 
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilganini 
ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar 
xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu o‘zgarishlarning dastlabki 
natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o‘zining yaqqol ifodasini 
topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o‘sib 
bormoqda. Biz ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot darajasi 
uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi” 
tuShunchasini qonunchilikda mustahkamlash va uni amalda ta’minlash 
mexanizmlarini yaratishimiz lozim. Ayni vaqtda aholining real daromadlari, ish 
haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich oshirish 
bo‘yicha ham amaliy choralar ko‘riladi.



Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, 
bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling