Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
«ijtimoiy ta’minot» tushunchasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning bir
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘quv kursi, uning predmet, vazifalari va uslubi.
- Ijtimoiy ta’minot huquqi fani predmeti jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin
«ijtimoiy ta’minot» tushunchasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning bir
qirrasini, ya’ni ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga oid tashkiliy- huquqiy shakllarni, qonunchilik tizimini, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi davlat, tegishli hollarda esa jamoat organlari tizimini o‘zida aks ettiradi. 1.2. Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘quv kursi, uning predmet, vazifalari va uslubi. Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishi sohasida yuz beruvchi ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy ta’minot huquqi fanining predmeti sanaladi. Ammo buning uchun ushbu ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy ta’minot sohasidagi qonunchilik aktlari bilan tartibga solinishi, ya’ni qonun hujjatlarining «ta’sir doirasi»ga kirishi lozim. Shunday bo‘lsada, fuqarolarni pensiyalar, moddiy yordamlar bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy natural yordamlar ko‘rsatish, ijtimoiy imtiyozlar berish paytida ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega shaxslar bilan bunday yordamni ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan davlat yoki boshqa jamoat organlari o‘rtasida vujudga keluvchi huquqiy munosabatlar; fuqarolar, korxona va tashkilotlar, ijtimoiy ta’minot organlari huquqiy maqomining belgilanishi, ijtimoiy ta’minot shakllarining amalga oshirilishi asoslari, shartlari, tartiblarining belgilanishi kabilar ijtimoiy ta’minot huquqi predmeti sanaladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi fani predmeti jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1). Fuqarolarni davlat ijtimoiy sug‘urtalash va shu asosda ularning mehnat faoliyatini ijtimoiy ta’minot olish huquqini beradigan mehnat staji sifatida tan olish va hisobga olishga oid munosabatlar; 10 2). Fuqarolarni pensiyalar bilan ta’minlash va pensiya to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar; 3). Fuqarolarni turli nafaqalar va moddiy yordamlar bilan ta’minlashga oid munosabatlar; 4). Fuqarolarga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar; 5). Fuqarolarning ayrim toifalariga qo‘shimcha ijtimoiy kafolat va imtiyozlar berishga oid munosabatlar; 6). Davlat byudjetidan tashqari Pensiya jamg‘armasini shakllantirilishi yuzasidan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari bilan yuz beradigan huquqiy munosabatlar; 7). Nodavlat ijtimoiy himoyasini amalga oshirish chog‘ida xomiylar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar; 8). Ijtimoy ta’minot huquqidan foydalanish sohasida yuz beruvchi nizolarga doir, moddiy va huquqiy javobgarlikka tortishga munosabatlar va boshqalar. Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘z tabiatiga ko‘ra ommaviy huquqiy fanlar oilasiga mansubdir va bu omil uning huquqiy tartibga solish usullarini belgilanishida muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy ta’minot davlat mablag‘lari hisobdan va davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilishi tufayli bunday ta’minot berish shartlari va asoslari qonun hujjatlari bilan imperativ tarzda belgilangan bo‘lib, ijtimoiy ta’minot oluvchi va uni berilishni ta’minlovchi organ kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas. Nodavlat ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solinishi chog‘ida qonun hujjatlariga binoan xususiy huquqiy usullarga yo‘l qo‘yilishi va bunda uning shartlari tomonlar kelishuviga ko‘ra belgilanishi, o‘zgartirilishi mumkin bo‘ladi (masalan, korxona o‘z hisobidan qo‘shimcha ravishda pensiya bilan ta’minlash majburiyatini olishi, hodim esa buning evaziga korxonada muayyan muddati davomida uzluksiz mehnat qilgan bo‘lishi). 11 Xullas, ijtimoiy ta’minot huquqi fani usullari deganda bu sohadagi munosabatlarni tartibga solish uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy, iqtisodiy va boshqa vositalar majmui nazarda tutiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling