Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada 
faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar 
faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb 
muammolarning amaliy yechimi bilan shug‘ullanmoqda. Shu ma’noda 2017 yil 
xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy 
muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bo‘ldi, deb 
aytishga to‘la haqlimiz
3
.- deya fikr bildirdi Mamlakatimiz Rahbari Shavkat 
Miromonovich Mirziyoyev. 
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya ko‘lami muntazam ortib borayotgan va 
shu maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishi ko‘payayotgan sharoitda bu 
mablag‘lardan tejab-tergab, o‘rinli foydalanish, bu sohada qonunbuzarlik va talon-
tarojliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’min etilishi 
fuqarolarimizning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlari kafolatlaridan sanaladi. 
Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi sifatida fuqarolarni turli shakllarda ijtimoiy 
ta’minlash, ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishi bilan mashg‘ul bo‘lgan 
davlat organlari tizimi, ularning ishlash rejimi, aholini ijtimoiy ta’minlash 
masalalarini huquqiy tartibga solish jarayonining xususiyatlari, bu 
jarayonning rivojlanish tendensiyalari, muammolari, bu muammolarni hal 
etilish masalalari, ijtimoiy ta’ minot va yorda m shakllari, ularning 
yanada takomillashtirilishi, ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilish 
usullarini hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish kabi nazariy 
masalalar hamda ularning amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan shug‘ullanadi. 
Avvalo, «ijtimoiy ta’minot» va «ijtimoiy ta’minot huquqi» tushunchalarini 
to‘g‘ri anglab olinmog‘imiz lozim. 
Ijtimoiy ta’minot deganda asosan davlat yo‘li bilan fuqarolarni ta’minlash va 
3
Ўзбекистон Республиксининг Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2018 
йил 22 декабрь. 



qo‘llab-quvvatlash, davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari nazarda tutiladi. Ammo 
bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning boshqa ko‘rinishlari ham yuzaga kela 
boshladi. «Ijtimoiy ta’minot huquqi» tushunchasiga kelsak, bu tushuncha 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling