Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


 Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlarining sub’ektlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

1.10. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlarining sub’ektlari. 
Ijtimoiy ta’minot sohasida huquq layoqati va muomala layoqati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 aprelda qabul qilgan 
"Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 


42 
organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-616-
sonli Qarori
28
ga ko‘ra aholi daromadlari va farovonligi darajasini o‘stirishning 
g‘oyat muhim omili sifatida uning bandligini oshirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, mehnat bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, 
odamlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, ushbu masalalarni 
hal etishda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rolini 
faollashtirish hamda javobgarligini kuchaytirish, shuningdek ular faoliyatini 
tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida ijtimoiy ta’minot organlari tizimi 
va ularning ish faoliyati takomillashtirildi. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy 
himoyalash yuzasidan huquqiy munosabatlarning ob’ekti bo‘lib fuqarolarga 
bu sohada berilgan huquqlar va ularning amalga oshirilishi jarayonida yuz 
beruvchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar sanaladi. Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan munosabatlarda turli-tuman shaxslar ishtirok etadilar, ularning 
maqsadi, ishtirok etish usullari va huquqiy maqomi bir - biridan jiddiy farq 
qiladi.Xozir amalda tarkib topgan tarkibiy tuzilishga ko‘ra pensiya va 
nafaqalar tayinlash va to‘lashga oid munosabatlarda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya 
jamg‘armasi, ijtimoiy himoyaning natural ko‘rinishlari amalga oshirilishida 
esa O‘zbekiston Rekspublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish 
vazirligi va ularning joylardagi organlari yetakchi o‘rinni 
egallaydilar.Fuqarolarga va oilalarga bevosita ijtimoiy yordamni amalga 
oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham yuksak 
mavqega egadir. Bulardan tashqari, ijtmoiy ta’minot va ijtimoiy himoya 
bilan bog‘liq munosabatlarda ta’minot oluvchi sub’ektlar sifatida fuqarolar 
(ayrim fuqaro yoki oila), nodavlat-notijorat tashkilotlari, korxona va 
tashkilotlar ham ishtirok etishlari mumkin. Quyida ularning har qaysisini 
alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. 
28
Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатари тўплами. 2007 йил.15-сон.156-модда. 


43 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling