Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Ilk yoshda bilish jarayonlarining taraqqiy etishi


Download 1.53 Mb.
bet56/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Ilk yoshda bilish jarayonlarining taraqqiy etishi

Iik bolalik yoshida diqqat beqaror va ixtiyorsiz bo‘lsa, sekin-asta ixtiyoriy diqqatning alomatlari yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg'aygan sari uning diqqati baiqarorlashadi, chunki bola o‘zini qiziqtirgan biron bir predmet(o’yinchoq bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullana oladi.
Ilk yoshdagi bola narsalar o’rtasidagi bog’lanishlarga e’tibor qarata boshlaydi, ba`zan o’zi ham ayrim narsalarni umumlashtiradi va o’z hatti-harakrlarida undan foydalanadi. Mazkur yoshdagi bolaning tafakkuri ko’rgazmali-harakatli tafakkur xisoblanadi – maqsadga erishish yo’lida bir necha hatoliklarga yo’l qo’ysa ham, qo’yilgan amaliy vazifani nuvaffaqiyatli uddalay oladi.
Sinov tariqasida amalga oshirilgan harakatlar, predmetlarning tashqi xususiyatlarini bilish, ularni amalda qo’llash imkonini beradi. Ko’rgazmali-harakatli tafakkuri predmetli faoliyatni egallash orqali rivojlanadi. Kattalar yordamida predmetlardan foydalanishni o’rganish orqali, ular orasidagi farqli jihatlarni topish, predmetlar(qoshiq, kurakcha)ni farqlash paydo bo’ladi.
Bolaning ko’rgazmali-harakatli tafakkurida ham, tasavvurlar ishtirok eta boshlaydi va bu amalga oshirilgan harakat natijasini oldindan aniqlash ushin zamin yaratadi, masalan dastlab, eshik ochilganda uning o’yinchoqqa tegishi e`tiborga olinmagan bo’lsa, keying vaziyatda bu hatolikk yo’l qo’ymaslik kuzatiladi. Amaliy tajribalar, bajariladigan harakatlarni aqliy operatsiyalar orqali oldindan tasavvur qilishga o’rgatadi, harakat natijalarini oldindan bilish, ko’rgazmali-obrazli tafakkur shakllanib kelayotganligidan dalolat beradi. Vazifani hal etishda tafakkurning qaysi turidan foydalanish, masalanining murakkabligi va bolaning shu kabi fikrlash operatsiyalarini bajara olish tajribasiga bog’liq bo’ladi.
Ilk yoshdagi bolalarda tiklovchi hayol ustunlik qiladi, shu bilan birga uni faol deb ham bo’lmaydi, chunki u ko’proq ixtiyorsiz tarzda, atrofdagi narsalar va xodisalarga qiziqishi, emotsional munosabati orqali yuzaga keladi. Bolalar o’z o’yinlarida kattalar tomonidan tasvirlangan(taqlid orqali ozlashtirgan) harakatlarni aks ettiradilar, kattalarning ettak va hikoyalarini tinglash orqali turli qahramonlar hamda vaziyatlarni tasavvur qiladilar. Ba`zan kuzatishlarda ilk yoshdagi bolalarning hayoli juda boy va ijodiy ekanligi ko’zga tashlanadi, aslida ushbu xolat bola hayolining yengilligi, bir predmetning boshqasiga juda osonlik bilan o’xshatishi tufayli yuz beradi. Hayolning taraqqiy etishi, bolaning dunyoni bilishida alohida o’rin tutadi, u o’zining nisbatan tor shaxsiy tajribalaridan ko’ra, hali idrok etmagan narsa va xodisalarning obrazlarini tasavvur qila boshlaydi.
Bolaning miyasi o’ta egiluvchan xususiyati bilan ajralib turadi, shuning uchun dastlabki uch yoshgacha bo’lgan davrda, con-sanoqsiz amaliy va aqliy hakatlar o’zlashtiriladi. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davrda bolaning o’z ona tilini deyarli egallay olishi bunga yorqin misol bo’la oladi. Birlamchi turmush tajribalarini egallashda harakat, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bola o’zi amalda bajargan va bevosita his qilgan harakatlarni yaxshi eslab qoladi.
Xotira bilish jarayonlarining taraqqiy etishida muhim o’rin tutadi, bolaning amaliy harakatlarida yaqqol ifodalanadigan idrok, tafakkur va hayol jarayonlari xotirada mustahkamlanadi va kelgusi faoliyatni egallash uchun xizmat qiladi.


    1. Download 1.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling