Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Maktabgacha tarbiya yoshida shaxs sifatida ulg’ayish


Download 1.53 Mb.
bet62/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

7.5. Maktabgacha tarbiya yoshida shaxs sifatida ulg’ayish.
Maktabgacha yoshdagi bola hayotining uchinci yili, o'zini-o'zi anglashning taraqqiy etishida eng muhim bosqich sanaladi, chunki aynan ushbu davrda bola muayyan bir predmetga nisbatn biriktirib qo'yilgan harakatni asta-sekin undan ajrata boshlaydi, predmetli-harakatli faoliyat yangi sharoitda bajariladi.
“Men o'ynayapman”, “Men kiyinayapman”, “Men ovqai eyapman” degan gaplami hamda “ozim” degan so'zm 3 yoshli bolalarning nutqida tez-tez uchratishimiz mumkin bo’ladi. Bolaning o’zini uchinchi shaxs olmoshi bilan ifodalashdan, “Men” olmoshini qo’llashga o’tishi boqcha yoshi davrining eng muhim yutuqlaridan biridir. Ayrim tadqiotchilarning fikrlariga ko’ra, ilk bolalik davrining oxiriga kelib paydo bo’ladigan “Men” tizimi va mustaqil harakat qilish, o'z “Men”ini ro‘yobga chiqarish, namoyish etish ehtiyoji ushbu davrda yuzaga kelgan eng asosiy o’rinni egallaydigan yangi tuzulma hisoblanadi. Ayni davrda “o'ziga-o'zi baho berish”ning yuzaga kelishi ham bolaning shaxs sifatida ulg’ayishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlarida(ilk bolalik davrining oxiri va bog'cha yoshining boshida)gi o'ziga-o'zi baho berish alomatlari yaqqol namoyon bo’lgan davrda bolaning kattalar bilan amalga oshiradigan o’zaro muloqoti hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Dastlab, bola o'zini kattalar orqali, ularning o’zi haqida bildirgan fikrlari orqali baholaydi, kattalarning bahosini qabul qiladi, ularning so’zlariga quloq tutadi, o’zi haqidagi mustaqil tasavvur esa biroz keyinroq paydo bo'ladi.
Boqcha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli bo'lgan o'zgarish, boshqa bir kishining tashqi xususiyatlarini baholashdan, insoniy fazilatlarini baholashga o'tishida aks etadi.Ayniqsa katta boqcha yoshidagi bolalarda o'zlaridan ko'ra, boshqa bir shaxsni baholash ko’proq kuzatiladi.
Boqcha yoshi davrida o'ziga-o'zi baho berish emotsional xarakterga ega bo'ladi, bola uni o'rab turgan kattalardan qaysi biri unga mehribonlik ko’rsatsa, unga nisbatan ishonch tuyg’usini his etsa, o'sha kishiga ijobiy baho beradi.
Bog'cha yoshidagi bolaning o'ziga-o'zi beradigan bahosida, shakllanib kelayotgan g'urur va uyat hissi ham aks eta boshlaydi. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsiya sohalari bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Bola o'zining “Men” siymosini, hamda o'zi egallab turgan rolli vaziyatni anglay boshlaydi, unda o'zining ijtimoiy ''Men”ini anglash shakllanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling