Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Takrorlash va muhokama uchun savollar


Download 1.53 Mb.
bet63/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Takrorlash va muhokama uchun savollar:

  • Boqcha yoshi davridagi ruhiy yangilanishlar haqida tushuncha bering?

  • Boqcha yoshida yuzaga keladigan yangi ijtimoiy vaziyatlar tahlili?

  • Boqcha yoshidagi o’yin faoliyati haqida tushuncha bering?

  • Rolli o’yinlarning bola ruhiy taraqqiyotiga ijobiy ta`siri?

  • Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro muloqoti?

  • Maktabgacha yoshda bilish jarayonlarinining rivojlanishi?

  • Boqcha yoshida idrok, xotira, tafakkur va hayolning taraqqiy etishi?

  • Maktabgacha yoshda bolaning shaxs sifatida ulg’ayishi?

VIII bob. Kichik maktab yosh davri


  • 8.1. Kichik maktab yoshida rivojlanishning umumiy shart-sharoitlari.

  • 8.2. Yetakchi faolyat sifatida o'quv faoliyatini shakllanishi.

  • 8.3. Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarini taraqqiyoti.

  • 8.4. Kichik maktab yoshida shaxs sifayida ulg’ayish.

  • 8.5. Emotsional-irodaviy sohaning rivojlanish xususiyatlari.

  • 8.6. Axloqiy rivojlanish xususiyatlari.

  • 8.7. Kichik maktab yoshida ijtimoiy hayot: o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqot.

Tayanch so’zlar: o’quv faoliyati, jismoniy taraqqiyot, yetakchi faoliyat, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatlari, moslashish, o’quv vazifalari, o’quv harakatlari, o’quv motivatsiyasi, nazorat, ta`limdagi qiyinchiliklar, baho, bilish jarayonlari, emotsional-irodaviy soha, o’zaro muloqot.
8.1. Kichik maktab yoshida rivojlanishning umumiy shart-sharoitlari
Kichik maktab yoshi davri(6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha)ga qadam qo’ygan bola, ta`lim olish uchun tabiiy va ruhiy jihatdan tayyor bo’lib, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlangan bo’ladi. Ushbu yoshdagi bolada idrokning o’tkirligi, ravshanligi, aniqligi, xayolot olamining yorqinligi, xotiraning kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi ko’zga tashlanadi, ular o’z qiziquvchanligi va ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan farqlanib turadilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o’qish хisoblanadi.
Bolaning maktabga borishi, uning psixik taraqqiyoti va shaxs sifatida shakllanishi uchun katta zamin tayyorlaydi va keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Kichik maktab yoshidagi bola o’z kundalik turmush tarzining tubdan o’zgarganliini, unga yangi majburiyatlar: har kuni maktabga borish, o’quv faoliyati talablariga bo’ysunish, o’qituvchi bajarish to’g’risida o’ylay boshlaydi. Oiladagi kattalar bolaning erishgan yutuqlarini maqtov bilan siylaydilar, uni nazorat qiladilar, unga nisbatan yangicha muomala va munosabatlarning paydo bo’lishi oiladagi ijtimoiy maqomning o’zgarganligini chuqur his etishiga, shu bilan birga o’z-o’ziga nisbatan munosabatining o’zgarishiga ham ijobiy ta`sir ko’rsatadi.
Kattalar bolalarga vaqtni to’g’ri taqsimlashga, a`lo baholarga o’qish, bo’sh vaqtida o’ynash, sayr qilish va uy vazifalarini o’z vaqtida bajarishga o’rgatadilar, bola sekin-asta o’quvchi rolini, ya`ni alohida ijtimoiy o’rinni egallaydi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchi saxslararo munosabatlar tizimida хam o’ziga xos maqomga erishadi, uning ota-onasi, yaqinlari, atrofdagi kishilar unga endi yosh boladek emas, balki o’ziga yarasha vazifalar va majburiyatlarni bajaradigan aloхida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar.
Bola o’z oilasi, sinfdoshlari davrasida o’z o’rnini anglab yeta boshlaydi, ushbu yoshda "Men shuni hohlayman" motiviga qaraganda "Men bu ishni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Ilk maktab yoshidagi o`quvchilarning maktab ostonasiga kirishlaridagi hadik, hayajon, ikkilanish kabi hissiy kechinmalar muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling