Namangan Davlat Universiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili va leksika-stilistika kafedrasi Bitiruv malakaviy ish


Download 449.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana05.01.2022
Hajmi449.53 Kb.
#208692
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
alisher navoiy asarlari ingliz tilida

Tasavvufiy asarlari 

Navoiyning  tasavvufiy  qarashlari  deyarli  barcha  asarlarining  ruhiga  singgan  bo

’lsa-da, 

maxsus  «Lisonut-tayr»  dostoni(1499)da,  «Nasoyimul-muhabbat»  manqabasi]]"(1495-96)da, 

«Tarixi  anbiyo  va  hukamo»(1485-8),  «Arbain»,  «Munojot»  singari  asarlarida  aks  etgan. 

«Lisonut-tayr»da  borliq  va  ilohiyot  haqaidagi  qarashlarini,  inson,  tabiat  va  hayot  haqidagi 

fikrlarini  qushlar  tili  va  sarguzashtlari  orqali  bayon  qilgan.  O

’zbekiston  mustaqillikka 

erishganidan  so

’ng  Navoiy  asarlarini  diniy  va  so’fiylik  jihatidan  o’rganish  kengaydi,  ular 

ob

’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. «Arbain», «Munojot» kabi asarlari chop etildi. Jomiyning 



«Nafahotul-uns  min  hazarotil-quds»  tazkirasini  tarjima  qilib  va  to

’ldirib,  so’z  yuritilgan  618ta 

shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. 

Alisher  Navoiy  asarlari  xalqlarimiz  o

‘rtasidagi  mustahkam  do‘stlik  va  hamkorlik  uzoq 

tarixiy asoslarga ega ekanligini anglatadi, 

– deydi ozarboyjonlik navoiyshunos olima, professor 

Nushabe xonim Orasli. 

– Ulug‘ shoir Nizomiy dostonlariga alohida hurmat bilan qaragani bois 

“Majolis  un-nafois”  asarida  ozarboyjon  shoirlari  ijodiga  munosib  o‘rin  bergan.  Mashhur 

ozarboyjon  shoiri  Muhammad  Fuzuliy  Navoiyni  o

‘zining  ustozi  deb  bilgan.  Alisher  Navoiy 

ozarboyjon  adabiyoti  rivojiga  ham  katta  ta

’sir  ko‘rsatgan.  Hozir  ham  ko‘plab  ozarboyjonlik 

shoirlar  o

‘zlarini  hazrat  Navoiy  yaratgan  ulkan  badiiy  maktab  o‘quvchisi  hisoblashadi. 

Filologiya  fanlari  doktori,  professor  Olmos  xonim  Ulviyning  ta

’kidlashicha,  1902  yili 

Bog

‘chasaroyda  “Muhokamat  ul-lug‘atayn”  asari  ozar  tilida  nashr  etilgan.  Umuman,  o‘tgan 



asrda  Alisher  Navoiyning  o

‘nlab  asarlari  ozarboyjon  tiliga  tarjima  qilinib,  keng  ko‘lamda 

tadqiqotlar olib borilgan, ko

‘plab monografiyalar, ilmiy asarlar yaratilgan. Bunday xayrli ishlar 

hozir ham izchil davom etmoqda. 

Alisher  Navoiy  g

‘azallari,  dostonlari  Xitoyda  ham  sevib  o‘qiladi.  Xususan,  1991  yili 

“Xamsa” asari Chin yurtida nashr etilgan. Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan 

iborat.  Ular  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy-ta

’limiy  va  ilmiy-falsafiy  yo’nalishdadir.  «Mahbubul-

qulub»(1500-01)  Navoiyning  so

’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti 

davomidagi  kuzatishlari,  to

’plagan  boy  tajribasi  o’z  yuqori  darajasida  aksini  topgan.  Uch 

qismdan iborat bu asarda «Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati» (1), axloqiy muammolar 

(2), «mutafarriqa favoyid va amsol surati» (3) masalalari ifodalangan. 




 - 9 - 

«Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh  hayrat»,1494)  asarida  ustozi  va  do

’sti  Abdurahmon  Jomiy, 

uning  hayoti  lavhalari,  tariqati,  yozishmalari,  asarlari  haqida  hayratomuz  hikoyalar  keltiriladi. 

«Holoti  Sayyid  Hasan  Ardasher»  (1488-89),  «Holoti  Rahlavon  Muhammad»(1493)  asarlari 

manoqib-holot yo

’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati 

yoritilgan.  «Munshaot»  (1498-99)  Navoiyning  maktublari  to

’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular 

sog


’inchlik  xatlari,  navro’z  tabriklari,  ta’ziyanomalar,  siyosiy  o’gitlar,  sulhnomalar  va  boshqa 

yo

’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 




Download 449.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling