Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi uzb-eu-21-205-guruh talabasi Bahromova Guloyimning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 360.48 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi360.48 Kb.
#1578017
  1   2   3   4
Bog'liq
Bahromova Guloyim Mustaqil ish

Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi UZB-EU-21-205-guruh talabasi Bahromova Guloyimning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Ega Reja: 1.Ega haqida ma’lumot 2.Ega va uning ifodalanishi 3.Eganing ishtirokiga ko’ra gap turlari

Ega – gapning bosh bo’laklaridan biri,gapni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.Ega fikrning kimga,nimaga qarashli ekanligini anglatadi,shu jihatdan kesim bilan yaqin bog’langan.Ega,odatda,kesim orqali,kesim esa ega orqali,bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi.Grammatik jihatdan ega boshqa bo’laklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi.Ega vazifasida kelgan so’z egalik va ko’plik qo’shimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishik shaklida qo’llanadi.Kim? Nima? Qayer? so’roqlariga javob bo’ladi.


Egadan anglashilgan predmet-hodisa kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:

1.Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi:bajaruvchi shaxs yoki jonli,jonsiz narsa bo’lishi mumkin.

2.Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs,jonli mavjudot,jonsiz narsalarni bildiradi.Masalan: Shohida xafa.Mushukchaning oyog’I lat yegan.Stol ustidagi gullar betartib turibdi.

3.Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi:Mushuk – hayvon.Tovuq - parranda

4.Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Hilola – aqlli. Abdurahim – ko’ngilchan.Havo juda issiq.

5.Mavjudlik subyektini bildiradi: Uyda mehmonlar bor.

6.Miqdor subyektini bildiradi: Sinfdagi o’quvchilar 26 ta.

7.Qiyoslanuvchi subyektini bildiradi: Do’sti undan aqlliroq.

Ega,asosan,kesimdan avval keladi.Bunday so’z tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir
Ba’zan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin.Bu hodisa inversiya deyiladi
Ega ba’zan birgina so’zdan,ba’zan esa bir necha so’zdan,ya’ni sintaktik birlikdan iborat bo’ladi.
Ba’zi gaplarda ega tushib qolishi,yashirin bo’lishi mumkin
Eganing gapda qo’llanishi yoki qo’llanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi,grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bog’liq

Download 360.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling