Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi uzb-eu-21-205-guruh talabasi Bahromova Guloyimning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 360.48 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi360.48 Kb.
#1578017
1   2   3   4
Bog'liq
Bahromova Guloyim Mustaqil ish

Atov gap narsa-hodisaning nomini o`tgan yoki hozirgi zamonda qayd etish bilan cheklanadi: 1.Amu-Buxoro kanali. 2.Sentabrning boshlari edi. 3.Hamon yodimdadir: gul chog`i erdi. Atov gap yig`iq yoki yoyiq bo`lishi mumkin: Bahor (yig`iq) – Erta bahor (yoyiq). U turli sodda va murakkab aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol bilan bemalol kengayadi: 1.Tog` bag`rida qad ko`targan yam-yashil o`tov. 2. Qip-qizil saraton quyoshi. 3. Qaqragan ming-ming gektarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot. 4. Hali ona suti og`zidan ketmagan qizni qari bir cholga berish. 5.Ilk bahorning serzavq kunlari. Atov gap badiiy va publisistik nutqda keng qo`llanadi.

So`z-gap. Bir so`zdan iborat, tarkibiy qismga ajralmaydigan, boshqa so`z bilan kengaymaydigan gap so`z-gap deyiladi: 1.Mayli. 2.Yo`q. 3.Assalom-u alaykum. So`z-gap tasdiq, inkor, so`roq, taajjub, his-hayajon kabini ifoda etib, ko`proq dialogik, ba’zan monologik nutqqa xos bo`ladi, modal yoki undov bilan ifodaladi: Xo`p. Albatta. Ba’zan takrorlanib qo`llanadi: Nima-nima? Yo`q-yo`q. So`z-gapdan keyin vergul qo`yilib, unga izohlovchi birlik kiritilsa, so`z-gap kirish so`zga aylanib qoladi: Mayli (so`z-gap) – Mayli, ( kirish so`z), boraman

Bilimimizni mustahkamlaymiz Gaplarning turlari to‘g‘ri izohlangan javobni toping. 1. Hamon yodimdadur: gul chog‘i erdi. 2. Tarbiyachi va o‘qituvchi bo‘lish uchun chidam bilan o‘qish kerak. 3. Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. 4. Yaxshilikni minnat qilish uchun qilmaydilar. a) atov gap; b) shaxsi ma’lum gap; c) shaxsi umumlashgan gap; d) shaxsi noma’lum gap A) 1 - a, 2 - d, 3 - b, 4 - c B) 1, 3 - a, 2, 4 - b C) 1, 4 - b, 2, 3 - c D) 1- a, 2 - d, 3 - c, 4 - b


Qaysi javobda shaxsi ma’lum gap berilgan?

A) Oy ni etak bilan yopib bo‘lmaydi.

B) Topshiriqni o‘z vaqtida bajarish kerak.

C) Nazardan qochirmasliging kerak

D) Ko‘nglida armon qolmasin deb, chilyosin qildirishga ham to‘g‘ri keldi.

Savol va topshiriqlar


1.Egaga ta’rif bering.
2. Ega qaysi kelishik shaklida bo‘ladi?
3. Gap egasi qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar keltiring.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.H.Jamolxonov Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T: “Talqin”.2005. 2.Azizov.O.Tilshunoslikka kirish. – T:”O’qituvchi”.1996 3.Sh.Rahmatullayev Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T:”Universitet”.2006 4.Internet ma’lumotlari


Download 360.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling