Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXI
O‘ Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI 5120101 – Filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi bakalavr bosqichi 4- kurs talabalari uchun O’ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXI fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua (8-semestr) NAMANGAN – 2020 ANNOTATSIYA Ushbu ish dasturi 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 4- kurs talabalari uchun namunaviy o‘quv dasturi (tuzuvchi A.Omonov) asosida tuzilgan bo’lib, unda o‘zbek tilshunosligining shakllanish tarixi, uni davrlashtirish masalalari, ularni o‘rganish metodologiyasi, hozirgi davr o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanish va rivojlanish jarayonlari, o‘zbek allomalari asarlarida aks yetgan lisoniy qarashlar, ya’ni A. N. Farobiy, A. R. Beruniy, Ibn Sino, singari o‘lug allomalar, M. Koshg’ariy, M. Zamaxshariy, A. Navoiy, A. Zohiriy, A. Fitrat singari tilshunoslar, Z. M. Bobur, A. Bahodirxon, M. Behbudiy, A.Avloniy singari yozuvchi va tarixchilar asarlarida aks yetgan lisoniy qarashlar, sho‘rolar davri va hozirgi davrda o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishining darslarda qanday o’tilishi yoritilgan. Ish dasturi bugungi kun talablari asosida ishlangan bo‘lib, talabalarning fanni mustaqil o‘zlashtirishlarida qulayliklarga ega. Mazkur ish dasturining elektron varianti Namangan davlat universitetining elektron kutubxonasida mavjud bo‘lib, fanni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuzuvchi: A.Omonov MAJMUA TARKIBI
Kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda talabalarda o‘zbek tilshunosligi tarixi – o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti qonunlari, bosqichlari bo‘yicha bilimlar hosil qilish uchun kursning predmeti, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy mazmun mundarijani belgilash, o‘zbek tilshunosligi tarixining eng muhim jihatlari haqida tasavvur hosil qilish, asosiy ilmiy maktablar, yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berish. Tilning grammatik tuzilishi, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati muammolari haqida ma’lumot berish. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling