Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun
Download 0.66 Mb.
|
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: dotsent, t.f.n. T.Q.Qozoqov
- «Milliy g`oya va huquq ta’limi»
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI «Milliy g`oya va huquq ta’limi» kafedrasi Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi-5111600 yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun «Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari» fani bo`yicha MA`RUZALAR MATNI NAMANGAN-2021 yil O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat universiteti Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi - 5111600 yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun «Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari» fani bo`yicha ma`ruzalar matni Tuzuvchi: dotsent, t.f.n. T.Q.QozoqovMa`ruzalar matni «Milliy g`oya va huquq ta’limi» kafedrasi yig’ilishida ko`rib chiqilgan va tavsiya etilgan Bayonnoma №1__ «26» avgust 2021 yil«Milliy g`oya va huquq ta’limi»kafedrasi mudiri: ___________ f.f.n. O.Mamatov© Namangan Davlat Universiteti SO`Z BOShI Jamiyat hayoti g`oya va mafkuralar bilan bog`liq holda rivojlanib, o`zgarib kelgan. Bu holat hozirgi davrda ham o`ziga xos namoyon bo`lmoqda. Turli g`oya va mafkuralar maydoni keng jamoatchilik xususan yoshlar ongiga, ishonch va mayillariga o`zining turli-xil ta`sirini ko`rsatmoqda. Uning natijasi g`oya va mafkuraning maqsadi, mo`ljallariga hamda insonning ma`naviy dunyosiga bog`liq ekanligi shubhasiz. Hozirgi zamonda mafkura maydoniga yangi texnologiyalarni tobora takomillashib kirib ketayotganligini, undan sog`lom va nosog`lom maqsadlarda foydalanishga urinishlar davom etayotganligini alohida ta`kidlash lozim. Bu xususan O`zbekiston jamiyatini ham milliy g`oya va ma`naviy-ma`rifiy ishlarga, uning samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalarga tayanib ish ko`rishga undamoqda. Uni hisobga olish muhim g`oyaviy – ma`naviy masalaga aylandi, hamda O`zbekistonni mustaqil tarraqqiyot yo`lidan rivojlanishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur kursning maqsadi – yoshlarga milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo`llari sohalari, bugungi globallashuv jarayonlarida mafkuraviy va ma`naviy tahdidlarning oldini olishda ularni milliy g`oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqati, ishonch va e`tiqodini mustahkam bo`lish ruhida tarbiyalash iborat. O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev o’z nutqlarida “...Yoshlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushishi...” kabi holatlarni xalqimizga xos bo’lmagan achchiq va noxush masalalar qatorida sanab o’tgan edi1. Bu bevosita milliy g’oya targ’iboti mutasaddilari zimmasiga yuksak mas’uliyat hissini yuklaydi. Fanni o`qitish milliy g`oyani targ`ibot qilishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg`ulotlarni esa, ko`proq joylarda tashkil etishga e`tiborni qaratgan holda, yoshlarda Vatanga mexr-muhabbatlarini, tarixiy-madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an`alarimizga xurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga, o`zlikni anglashiga alohida e`tibor beriladi. Mafkuraviy xurujlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, uning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirish milliy g`oyaning targ`iboti va uning samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Mazkur kursni o`rganish milliy g`oya, ma`naviyat va huquq yo`nalishi bo`yicha tayorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mo`ljallangan. Undan milliy g`oya va mafkuraviy muammolarni hamda uning targ`iboti texnologiyalari bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling