Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


Neyro lingvistin dasturlash texnologiyasi


Download 0.66 Mb.
bet14/36
Sana07.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1695085
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Neyro lingvistin dasturlash texnologiyasi
Hali ta’lim tizimida keng ommalashmagan yangi zamonaviy texnologiya turlaridan biri Neyro-lingvistik dasturlashdir (NLD). Neyro-lingvistik dasturlash til va uning ta’rifini ishlash bilan tug’illanuvchi insonning sub’ktiv tajribasi tizimini o’rganadigan bilim sohasidir. Bunda tajribani modellashtirish vositalari va mexanizmi ochib beriladi. NLD ning eng birinchi nomlanish “Metaznanie” deb atalgan edi, ya’ni bizning bilim va tajribalrimiz qanday va nimadan tashkil tonganligini o’rganuvchi fan hisoblanadi.
NLD nomlanishini “neyro” qismi inson tajribasini ta’riflash uchun axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatishga javob beradigan “miya tilini”, ya’ni neyrologik jarayonni bilishi lozimliini ko’rsatadi.
“Lingvistik” so’zining mazmuni kommunikatsion jarayonni tashkil etishda fikrlash va hulq-atvor mexanizmlari muhim tomonlarini tasvirlashda tilning muhim ahamiyatini alohida ta’kidlashga xizmat qiladi. Dasturlash fikrlash va xulq-atvor tizimliligini aniqlab beradi. “Dastur” grekcha so’zdan olingan bo’lib “Muayyan natija olishga yo’naltirilgan aniq va izchil qadam” ma’nosini beradi. NLD bilimning ilmiy sohasi yoki san’at sifatida va ma’naiy kamolotni belgilashja amaliy qurol va texnologiya sifatida tasavvur qilish lozim. Aql, ruh va tana birligi kontsepptsiyasidan kelib chiqib insonning bilish jarayoni tajribasi sifatida qo’llash mumkin.
NLD-shaxsiy mahorat haqidagi fan va san’atdir. Shuning uchun sa’natni, unga har bir inson o’z shaxsiy hissasini qo’shishi mumkin. Shuning uchun fanki har qanday soha bo’yicha muhim natijalar olish mumkin. Uzigmunt Fleyd ta’limoti bo’yicha psixotrapiyada keng qo’llanilmoqda. Ta’lim a o’qitishda uni muvaffaqiyatli qo’llash yaxshi natija berishi mumkin.
Manipulatsiya (inson ongini o’ziga sezdirmay boqarish)
Jamiyatning o’z ertasi va kelajagiga ishonch o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo’lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat-mafkuraviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya deganda gap, “kishilar dunyoqarashini boshqarish haqida emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish”ni ham anglatadi.
Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o’zini himoya qiluvchi ham g’oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, faysi tomonning yengishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ’ibot va tashiqot hal qiladi. Shu tariqa mafkuralar tortishui-targ’ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin. Shu sababli “Milliy istiqlol mfkurasi tom ma’nodagi milliy mafkuraga aylanish uchun qator talabalarga javob berishi zarur. Ana shunday talabalardan biri har fanday yozuv g’oyaga qarshi javob bera olishdir”3
Hozir fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kashalarning ongi va qalbiga yashirin, g’araz maqsad bilan ta’sir ko’rsatishni ifodalashda minipulatsiya (manus-qo’l), so’zi, ya’ni ob’ekt ustidan biror maqsadda ish olib borish ma’nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko’zda tutiladi. Shu sababli “manipulyatsiya”ni ko’chma ma’noda “odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish” deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu Yorkda chop qilingan “Zamonaviy sotsiologiya lug’ati”da bu haqda “boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o’zi istagan xulq-atvorni shakllantirish” deyiladi.
Biz uchun muhim jihati shundaki, ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy immunitetiga ta’sir ko’rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi. Chunki, masalan, “davlatchi”ning ta’siri birinchidan shaxsga nisbatan zo’rlik, kuch ishlatilmaydi, balki ma’naviy, psixologik xususiyatga ega; ikkinchidan, bu ta’sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham “islom dini niqobida” dgan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g’oyaviy manipulatsiya, zimdan ta’sir ko’rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g’oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo’llanilayotgan ta’sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. Ya’ni manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas, (targ’ibot va tashviqotdan farqli o’laroq), balki shu ishni qilishga hohish, istak uyg’otishga xizmat qiladi.
Bunda, ya’ni g’oyaviy manipulyatsiyada qanday jarayonlar kechadi? Avvalo g’oyaviy manipulyator (da’vatchi)ning maqsadi-unga o’z tasavvurlarini o’zgartirishga olib keluvchi belgi, bilimlar bera boshlaydi. Natijada ob’ekt (shaxs)ning dunyo, din, hayot, yashashdan maqsad kabi tasavvurlari, qadriyatlar tizimida da’vatchi-manipulyator kutayotgan tartib paydo bo’ladi va yetakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atoriga ta’sir ko’rsatadi, shaxs o’z xarakteridagi o’zgarishlarni sezmaydi va “men to’g’ri yo’l tutayapman, chunki...”, degan asosga ega bo’lib qoladi.1
Quyida istiqlol va g’oyaviy tarbiya mavzusi bo’yicha dars o’tish metodikasini keltiramiz.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling