Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


O’qituvchining bu boradagi faoliyati mezonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi


Download 0.66 Mb.
bet8/36
Sana07.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1695085
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

O’qituvchining bu boradagi faoliyati mezonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- maqsadning aniqligi va uni tashxis etish mumkinligi;
- o’rganilayotgan mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar va uni yechish usulining tizimli tarzda taqdim etilishi;

  • mavzularning ketma-ketligi, mantiqiyligi, bosqichma-bosqich bayon etilishi;

  • o’quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilarning o’zaro harakat usularining ko’rsatilishi;

  • o’qituvchining eng samarali o’qitish vositalaridan foydalaninshi;

  • o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining motivatsion ta’minlanishi bu jarayonda ularning shaxsiy kasbiy funksiyalarining namoyon bo’lishi (erkin tanlash, kriativlik, bahslashuv va h.z.)

Shunday qilib o’qitish texnologiyasi deganda didaktik masalalar yechimiga yo’naltirilgan yoki oldindan loyihalangan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va izchil tadbiq etidigan pedagogning ketma-ketli o’zaro bog’liq harakatlari tizimi tushuniladi. Ta’kidlash joizki, o’qitish texnologiyasi nafaqat didaktik jarayoning o’zi sifatida balki uning pedagog faoliyatining loyihalash natijasi sifatida ham qaralishi mumkin.
Pedagogik nashrlarda o’qitish metodlarini faol va passiv guruhlarga ajratish mavjud. Agar har bir metod belgilangan muayyan maqsadni yechishda o’z o’rnida ishlatilsa shubhasiz faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham talabalar faolligining yuqori darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi shu boisdan bu qisimda pedagogik amaliyot uchun notanish bo’lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi.
Amerikaning “Street law” (ko’cha qonuni) dasturi bugungi kunda ko’plab davlatlar tomonidan asrga olingan va ta’lim jarayoniga o’rnashib qolyapti.
Bunga sabab dasturdan o’rin olgan yuzlab o’qitish metodlarining faoligi jozibaliyligi va ta’sirchanligidir. Ular yordamida talabalar o’z fikrlarini erkin ifodalash axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash o’z mavqeini mustahkamlash, fikrlarni himoya qilish, haq-huquqlarini anglab yetish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo’ladi. O’qituvchi esa didaktik jarayonda bu metodlardan oqilona foydalanmog’i mavzu bo’yicha o’quv elementlarini murakkabligi va vaqt muddatiga qarab o’zlashtirmog’i lozim. Quyida “Street law” dasturidagi bazi metodlar bilan tanishashiz.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling