Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


-Mavzu: Milliy g`oya fanini pedagogik texnologiya asosida o’qitish nazariyasi (1-soat)


Download 0.66 Mb.
bet7/36
Sana07.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1695085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

4-Mavzu: Milliy g`oya fanini pedagogik texnologiya asosida o’qitish nazariyasi (1-soat)
Reja:
1. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha.
2. Pedagogik texnologiya turlari.

Pedagogik texnologiya – bu o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatish va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.


Pedagogik texnologiya o’qitish jarayonlarining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish bosqichlarini ko’rish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Pedagogik texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir.
Pedagogik texnologiya bugun paydo bo’lgan yangilik yoki yo’nalish emas, u har doim o’qituvchi va o’quvchi faoliyatida o’z aksini topadi. O’qitish jarayoni ma’lum bosqichlar, amallar, usullar, harakatlardan tashkil topgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Shunga mos holda ma’lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Dars o’tishda belgilangan maqsadni o’quvchi ongiga, qalbiga singdirishda har xil metodlardan foydalanish zarur bo’ladi. Demak o’quvchilarning darsga, fanga qiziqishini oshirish, xotiralarini yanada o’tkirroq qilib charxlash lozim.
Darsni faqat auditoriyada o’tish shart emas, balki uni joylarda ham o’tish mumkin. Masalan muzeylarga, o’lkashunoslik muzeylariga, tarixiy joylarga, teatr, kinolarga borish, tadbirlar o’tkazish bilan ham maqsadga erishishimiz mumkin. Davra suhbatlari, munozaralar, uchrashuvlar tashkil etilishi mumkin. Savolnomalar tuzish va unga javob olish ham katta natija beradi.
Bundan tashqari klaster ajurli arra, munozara, sinkvent, kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash, debat va boshqa usullardan imkoniyat darajasida foydalanish yaxshi natija beradi. Bu usullar o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, hozirjavoblikni, axloq-odobni, nutq madaniyatini rivojlantiradi.
Hozirgi davrda glaballashuv jarayonida bilimlar majmuasi va axboratlar, turli xil adabiyotlar shu qadar ko’payib ketdik, ularni malum ajratilgan soatda o’zlashtirib olish qiyin. Shu sababli yeng zarur bilimlarni egallash uchun o’qitishning turli xil texnologiyalari va metodlari yuzaga kelmoqda ularni saralab turmushda qo’llash asosiy vazifadir.
“O’qitish texnologiyasi” tushunchasi ilk bor 1970 yilda YuNESKO konferentsiyasida yangradi. Shu tashkilot tomonidan nashr qilingan “Yashash uchun o’qish” nomli ma’ruzada yuqoridagi atama ta’limiy jarayonni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. “Qanday o’qish kerak?” nomli ma’ruzada esa birinchi marta unga ta’rif berildi. Unda o’qitish texnologiyasi informatsion inqilob natijasida paydo bo’lgan va didaktikada foydalanadigan inson o’rtasida aloqa (muloqot) usul va vositalari yig’indisi sifatida tavsiflanadi.
O’zbekistonda pedagoglar N.Sayidahmedov, U.Tolipov, U.Nishonaliev, A.Ochilov, N.Azizxo’jaevalar o’qitish texnologiyasi muammolari bilan shug’ullanib, bu sohaga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. V.P.Bespalko, M.V.Klarin, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, T.Shopavalenko, A.Monaxov, D.Blok, B.Blum, T.Gilbert, R.Maydtir kabi chet ellik tadqiqotchilar xizmatini ham e’tirof etish zarur. Albatta, olim va mutaxassislarning qarashlari bir-biriga mos kelmasligi tabiiydir. Ba’zilari o’qitish texnologiyasini pedagogika fani sifatida qaraydi.
Zamonaviy pedagogikada o’qitish texnologiyasining asosiy tavsifi sifatida uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo’shiluvchanligi, samaradorligi, sifat va motivlashganligi, algoritmlashganligi, axborotliligi, nusxa olish imkoniyati, yangi sharoitga ko’chirish mumkinligi kabi jihatlariga e’tibor qaratiladi.
O’qitish texnologiyasi ilmiy asoslangan didaktik jarayon loyihasini amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi samaradorlik, ishonchlilik va kafolatga ega natijalarga molik pedagogik faoliyatdir.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling