Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Fanning maqsadi va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet2/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

Fanning maqsadi va vazifalari

Kursning asosiy maqsadi o‘zbek tilshunosligi, uning shakllanishi taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shilgan yirik olimlarning tadqiqotlari, qarashlari, ilmiy maktablarda bo‘yicha mukammal bilim berishdan, o‘zbek tilshunosligining jahon tilshunosligi va turkologiya taraqqiyotidagi mavqeni ko‘rsatib berishdan iborat.


Fanni o‘qitishning vazifasi sifatida tilshunoslik tarixida, uning shakllanishida katta hissa qo‘shgan o‘zbek tilshunoslarining ilmiy-ijodiy faoliyati hamda ular tadqiqotlarini sharhlash, qarashlariga baho berishni ko‘rsatish mumkin. Talabalarga yirik olimlar, ularning o‘zbek tilshunosligi sohasidagi jiddiy ishlari, qarashlari, yo‘nalishlari, yaratgan maktablari haqida ma’lumot berish ham shu vazifa doirasiga kiradi.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

O‘zbek tilshunosligi tarixi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavrning til va tafakkur, tilning ijtimoiy mohiyati, o‘zbek tili va o‘zbek xalqining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti, o‘zbek tilining ichki qurilishi, undagi tarixiy o‘zgarishlar, o‘zbek tilshunosligi shakllanishi va taraqqiyotiga hissa qo‘shgan olimlarning tadqiqotlari, ilmiy-nazariy qarashlari, o‘zbek tilshunosligi tarixidagi asosiy ilmiy maktablar, yo‘nalishlar, o‘zbek tilining turli sathlari bo‘yicha qilingan tadqiqotlar mazmun-mundarijasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi birlamchi vazifalar sanaladi. Ikkinchi bosqichda o‘zbek tili grafikasi va imlosi shakllanishi va takomillashuvi, fonetika va fonologiyasi, morfemikasi, leksikologiyasi, frazeologiyasi, lekeksikografiyasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi hamda dialektologiyasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishiga erishish ko‘zda tutiladi. Pirovardida egallangan bilim va malakalar asosida talabaning o‘zbek tilshunosligi tarixiga oid materiallarni ilmiy, amaliy tahlil va talqin etish, o‘zbek tili va o‘zbek xalqining shakllanishi, tarixiy taraqqiyotini izohlay olish, o‘zbek tilshunosligining shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari, yirik olimlar tomonidan yaratilgan ta’limotlar mazmun-mohiyatini tushuntira olish, o‘zbek tilshunoslarining turkologiya va jahon tilshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini to‘g‘ri baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga erishish maqsadi turadi.





Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling