Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Asosiy qism Ma’ruza mavzulari


Download 0.93 Mb.
bet13/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

Asosiy qism
Ma’ruza mavzulari
“O‘zbek tilshunosligi tarixi” kursining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari. Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. Fanning boshqa fanlar bilan munosabati. Kursni o‘qitishning ahamiyati. O‘zbek tilshunosligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. O‘zbek tilshunosligini davrlashtirish. Tilshunoslik fani bo‘limlari, ularning ajratilishi, asoslari. Atoqli tilshunoslar. Yangi asrda o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot tamoyillari.


O‘zbek tilshunosligi shakllanishining ilk davri
Abu Nasr Forobiyning til haqidagi fikrlari. Hissiy va idrokiy bilish, umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa dialektikasi to‘g‘risidagi qarashlarining tilshunoslikdagi metodologik roli.
Abu Rayhon Beruniyning lingvistik qarashlari. Uning “Saydana” asarida tilga doir fikrlar. Asarda 4500 dan ortiq turli xil o‘simliklar nomlarining izohlanishi. Asarda til dalillarini tahlil qilish tamoyillari.
Ibn Sinoning lingvistik qarashlari. “Asbobi hudud al hudud” asari haqida. Asarda umumiy fonetika masalalari, korrelyativ undoshlar talqini. Qarashlarining metodologik asoslari.


Mahmud Qoshg‘ariyning lingvistik merosi
Davr va til masalalari talqinidagi ijtimoiy buyurtma. Mahmud Qoshg‘ariyning tilshunoslik rivojidagi o‘rni. “Devonu lug‘otit turk” asari. Asarning tuzilishi. So‘zlarni tartiblash va izohlash tamoyillari. Mahmud Qoshg‘ariy qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschisi. Lingvogeografiya, fonetika, leksika, leksikografiya, so‘z yasalishi, morfologiyaga oid qarashlari. Qoshg‘ariy qarashlarida ijodiylik va an’anaviylik.


Mahmud Zamahshariyning lingvistik merosi
Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi. “Al mufassal fi san’at al i’rab”, “Al mufassal”, “Muqaddimat-ul adab” asarlari haqida. Asarlarida talqin tamoyillari va metodologiyasi. “Muqaddimat-ul adab” tarkibi (1.Ot. 2.Fe’l. 3.Bog‘lovchilar. 4.Ot. 5.Fe’l). Asarda ismlarning berilishi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling