O‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi
Davr va tilshunoslik zimmasidagi ijtimoiy buyurtma. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yaratilgan va o‘zbek (sart) tilini o‘rganishga ko‘maklashadigan grammatikalar, o‘quv lug‘atlarining nashr etilishi. N.Ostroumov, V.Nalivkin, M.Nalivkina, I.A.Belyayev, M.A.Terentev, V.A.Alekseyev, S.Lapin kabilarning bu boradagi xizmatlari.
Ilk o‘zbek alifbolarining yuzaga kelishi. Behbudiyning “Risolai asbobi savod”, “Kitobatul atfol” asarlari. Fitratning “Sarf” va “Nahv” asarlari. Ma’rifatparvarlarning rasmiy til masalasiga doir qarashlari.
Avloniyning lingvistik qarashlari. Uning “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlarida milliy til masalasi.
Ashurali Zohiriyning lingvistik merosi. Uning imlo, punktuatsiya doir qarashlari.
Ye.D.Polivanovning lingvistik merosi. Talqinlarining metodologik asoslari. “Toshkent dialektining tovushlar tarkibi”, “O‘zbek tilining qisqacha grammatikasi” asarlari.
Elbek, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazonning tilshunoslikka doir asarlari.
O‘zbek alifbosi va imlosi islohotlari.
O‘zbek empirik tilshunosligining rivojlanishi
O‘zbek empirik tilshunosligi rivojlanishining ilk davri. A.N.Kononov, F.Kamolov, O.Usmonov, A.Borovkov, S.Usmonovlarning lingvistik merosi.
Toshkent ilmiy maktabining shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari va metodologik asoslari. A.G‘ulomov va o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, G‘.Abdurahmonov, T.Ibrohimov, F.Abdullayevlarning lingvistik merosi. A.Hojiyev, S.Ibrohimov, I.Rasulov, Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiyev, V.V.Reshetov, N.Mamatov, A.Mahmudov, E.Begmatov, R.Doniyorov, A.Mukarramov, A.Mamajonov, T.Nafasov kabi olimlarning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari.
Samarqanda ilmiy maktabining shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari va metodologik asoslari. U.Tursunov, J.Muxtorov, R.Qo‘ng‘urov va ular izdoshlarining o‘zbek tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissalari.
O‘zbek ilk empirik tilshunosligining so‘nggi davri namoyandalari. S.Karimov, I.Mirzayev, B.Yo‘ldoshev, A.Mamatov, A.Abusaidov, S.Mo‘minov, A.Sobirov, M.Abdiyev, N.Uluqov va b.
“O‘zbek tili leksikologiyasi”, “O‘zbek tili grammatikasi” akademik nashrlari, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” o‘zbek tilshunosligi empirik bosqichi yakuniy yutuqlari sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |