Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


MO’G’ULLAR DAVRIDA O’ZBYeK TILI VA TILSHUNOSLIGI


Download 0.93 Mb.
bet28/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

MO’G’ULLAR DAVRIDA O’ZBYeK TILI VA TILSHUNOSLIGI
RYeJA:

  1. Mo’g’ullar davrida tarixiy sharoit va ilm – fan.

  2. “Kitob – i – majmu – tarjumon turki va ajami va mug’ali” lug’ati xususida.

  3. “Kitob at – tuhfa az – zakiyatu fi – l – lug’at – at turkiya” asari haqida.

  4. “At - tuhfa”da tilshunoslik masalalari.

Tayanch tushunchalar: muallifi noma`lum asarlar; “Tarjumon”ning tuzilish tamoyillari; “At - tuhfa”ning tadqiqi masalasi; “At - tuhfa”da tilshunoslik masalalari.
XIII-XVI asrlarda Misr va Suriya singari fan hamda madaniyat taraqqiy etgan mamlakatlarda turkiy tillarni o’rganishga qiziqish yanada ortdi. Chunki o’sha davrlarda bu mamdaqatlarda davlat tili turk tili hisoblanar edi. Buning natijasida o’sha davlatlarda arab, fors, turk tillariga tegishli qator leksikografik asarlar, qiyosiy grammatikalar vujudga keldiki, ular o’z navbatida turkiy va forsiy tillarni o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan edi. "Kitob-i-majmu-tarjumon turki va ajami va mug’ali" lug’atining muallifi noma`lum bo’lib, muallif o’zi haqida hech narsa yozib qoldirmagan. Asar 76 sahifadan iborat bo’lib, uning asosiy qismini turkcha-arabcha so’zlik tashkil etadi. So’nggi 14 betda esa, mo’g’ulcha-forscha va arabcha-mo’g’ulcha lug’at berilgan. Asar kirishdan tashqari to’rt katta qismga bo’lingan. Birinchi qism "faqat ismlar haqida" deb nomlangan bo’lib, u 26 fasldan iborat. Ikkinchi qism "fe`l masdari va buyruk mayli haqida". Uchinchi qism "So’zlarning turlanishi va fe`llarning tuslanishi haqida". To’rtinchi qism "So’zlarning ishlatilishi va boshqa muhim narsalar haqida". Mazkur lug’at 1343 yilda Xalil ibn Muhammad ibn Yusuf al-Kunnaviy tomonidan ko’chirilgan.
Qo’lyozma Gollandiyaning Leyden kutubxonasida saqlanmoqaa. Bu lug’at ustida ko’pgina olimlar ilmiy ishlar olib borganlar. Asar muallifi turkiy tillarning xilma - xilligini aytib, ulardan ikkitasini - sof turkiy va turkman tilini alohida ajratib ko’rsatadi. N. A. Baskakovning ko’rsatishicha, sof turkiy termini qipchoq tiliga nisbatan ishlatilgan. Lug’at ustozning shogirdiga o’giti tarzida yaratilgan. Masalan, "Harakat nomi - masdarni topmoqchi bo’lsang, o’zing xohlagan buyruq fe`lini ko’rasan, -gil qo’shimchasi bilan tugagan buyruk fe`li bo’lsa, -"gil" ni tashlab, o’rniga -mak qo’shimchasini qo’shasan; buyruq fe`lining masdari hosil bo’ladi".
"Tarjumoni turki va ajami va mug’ali" lug’ati turkologiyada ilk bor onomastika haqida fikr bildirgan asardir. Unda antroponimlar va samoviy jismlar (kosmonimlar) nomi gruppalarga ajratilib, ularning etimologiyasiga kisqacha ekskurslar berib boriladi: Aybaq Temirtash, Xo’tlaba, Satmaz, Kumush, Aygina, Akbada (antroponim); Sham, Misr (toponim); Ulkar, Quyash (kosmonim).
"Tarjumon" tilida keltirilgan so’zlar leksik qatlami jihatidan turli tumandir: qulan, kunan, qatr, qochkar, tana, chibich, bog’ra, kiji kabi hayvon nomlari; bo’ldurchin, yabadaq, sag’izg’an, qaz, qarlagach, taishanjil, qartal kabi qush nomlari; alma, ayva, anjir, avsaq, arana, adastak, burda, karitma, qavun, tarbiz, qabaq kabi pomologik terminlar; ash, at, qavurma, churak, chiqat, suklungi, boza, sut, yag kabi oziq - ovqat nomlari; bosu, yachi, yariq, yariqchi, sunu, oqchi, kalij, qalqan, choqmar kabi harbiy terminlar uchraydi. Asarda 1500 ga yakin turkiycha so’z izohlangan bo’lib, ulardan 90 tasi turkman tili orqali o’zlashgan deb sharhlanadi.
"Kitob at-tuhfa az-zakiyatu fi-l-lug’at-at-turkiya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa") asari XV asrning birinchi yarmida noma`lum muallif tomonidan Misrda yozilgan deb taxmin qilinadi, asarning yagona qo’lyozma nusxasi Istambulda Valiuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda.
Bu nodir yodgorlik asrimizyaing 20 yillarida turk olimi Fuad Ko’pruluzoda tomonidan fan olamiga ma`lum qilindi. Shundan so’ng polyak olimi A. Zayonchkovskiy, venger olimi X. Kuun, turk olimi Bosim Atalay tadqiqot ishlari slib bordi. 1942 yilda X. Kuun bu nodir yodgorlikning faksimilesini nashr etdi. Uning bu nashri ayni paytgacha noyob hisoblanadi, 1945 yilda Bosim Atalay "At-tuhfa”ning turk tiliga tarjimasini nashr etib, unga asarning to’liq lug’ati va fotonusxasini ilova qildi. 1968 yilda S. Mutallibov mazkur asarni o’zbek tilida nashr qildi. Va nixoyat, eng so’nggi nashr E. Fozilov va M. Ziyaeva tomonidan amalga oshirildi. Ular "At-tuxfa"ni birinchi marta rus tiliga tarjima qildilar.
"At-tuhfa" asarida qipchoq tili materiallari izohlanadi. Buni muallifning o’zi ham tan oladi: "Men bu asarda qipchok tiliga asoslandim. Chunki eng ko’p qo’llanaditan til qipchoq tilidir". Asarda qipchoq tili materiallari uch qismda izohlanadi: kirish, lug’at, grammatika. "At-tuhfa"ning lug’at qismi 29 bobdan iborat bo’lib, unda turli sohalarga oid so’zlar uch qismga bo’lib o’rganiladi: ismlar, fe`llar, yordamchi so’zlar.
Qipchoq tili morfologiyasi va sintaksisi 64 bobdan iborat grammatika qismda tavsiflanadi. Unda muallif turkiy tildagi barcha grammatik qategoriya va shakllarni klassik arab tilshunosligi atamalari vositasida izohdaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Mo’g’ullar davridagi tarixiy sharoit va ilm – fan haqida nima deya olasiz?

  2. “Tarjumon” qanday asar?

  3. “At - tuhfa”ning tadqiqotchilari haqida fikr yuriting.

  4. “At - tuhfa”da tilshunoslikning qaysi sathlari haqida ma`lumotlar berilgan?




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling