Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.93 Mb.
bet36/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA

2- AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu e’lon qilinadi: Mahmud qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk”asari tahlili.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Mahmud qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk”asari mavzusi bo’yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, daftar.
Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, aqliy hujum, amaliy mashq.
Ma’ruza darsida o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash
Savollar:



  1. Mahmud Qoshg’ariyning hayoti va faoliyati haqida.

  2. “Devoni lug’atit turk”asari qanday asar?

  3. Asarning topilishi vatarjimasi haqida.

  4. Mahmud Qoshg’ariy qiyosiy-taeixiy tilshunoslik asoschisi sifatida.

  5. Mahmud Qoshg’ariy fonetika, leksika valeksikografiyaga oid qarashlari.

  6. Asarning tuzilishi.

Savol-javoblar muhokamasi.


Mahmud Qoshg’ariy Markaziy Osiyoda ilk o’rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo’lib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni o’rganish sohasida mashhur bo’ldi va tarixda o’chmas iz qoldirdi. Mahmudning otasining ismi Husayn, bobosi Muhammad bo’lib, kelib chiqishi va tiliga ko’ra Qoshg’oriy nisbatini olgan. U XI asrda tug’ilib, yashab, ijod qilgan. Mahmud Qoshg’ariy o’zining uzoq yillar davomida bunyod etgan “Devoni lug’atit turk” kitobini hijriy 469 (1074-75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan bo’lgan baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag’ishlagan. “Devoni lug’atit turk”asarida turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so’zlar, 700 satrdan ortiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o’rin olgan. Sheriy parchalarning ko’p qismi turkiy xalqlar og’zaki ijodiga xos to’rtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo’lgan “Bayt” tipidagi masnaviy, qasida, g’azal, qit’a parchalari bo’lib, ularni Qoshg’ariy o’zi ham ko’pincha “bayt” deb ataydi. Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo’shiqlar, pandnomalar, koinotyaratilishiga oid asotir, she’rlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Qoshg’ariy devonida keltirilgan VIII-XI asrlarga oid turkiy she’riyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga o’tish moyilligi seziladi. Arizning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy she’iyat namunalarida ishlatilgan bo’lib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan.
Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish:
Quyidagi reja asosida ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib konspekt yozing.
M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk”asari
Reja:
1. M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk”asarini tahlil qilib kelish.
2. Olimlarning “Devoni lug’atit turk”asari ustida qilgan tadqiqotlari.
3- AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu e’lon qilinadi: Alisher Navoiyning nutq odobi, so’z qudrati haqidagi qarashlari, “Muhokamat ul-lug’atayn” asari tahlili.


Amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Mavzu yuzasidan ma’rizada olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, daftar, jadval.
Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, aqliy hujum, guruhlarda ishlash.
Ma’ruza darsida o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash
Savollar:

  1. Zamaxshariyning hayoti haqida gapirib bering.

  2. Zamaxshariyning o’z davri ilmlarini to’liq egallashga, olimlik darajasiga yetishishida ustozlarining o’rni qanday?

  3. Zamaxshariyning arab tili grammatikasiga oid yaratgan asari.

  4. Zamaxshariyning xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag’ishlab yozgan “Muqaddimat ul-adab”asari haqida.

  5. Zamaxshariyning adabiyot, tafsir, hadis, fiqh ilmlariga bag’ishlab yaratgan asarlari

Allomaning to’liq ismi Abul Qosim Mahmud Umar az-Zamaxshariy bo’lib, u hijriy 467 yilning rajab oyining 27-kuni (1075 yil 19 mart)Xorazmning katta qasabalaridan biri- Zamaxshar qishlog’da tavallud topgan. Zamaxshariy Haqidagi ma’lumotlar asosan o’rta asr arab manbalarida keltirilgan.Buyuk mutafakkir Zamaxshariy arab grammatikasi, lug’atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug’rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yaratgan, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Masalan, arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal” nomli asarini Makkada yashagan paytida 1121-yilda bir yarim yil davomida yozgan.
Lug’atshunoslikka oid “Asos al-balog’a”(“Notiqlik asoslari”) asarida arab tilining fasohati, mukammalligi haqida so’z boradi. Fikrni chiroyli ibora va so’zlar bilan ifodalash, so’z boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balog’at ilmlaridan yaxshi xabardor bo’lishi kerak. Buning uchun so’zni to’g’ri, o’z o’rnida ishlatish, qoidaga muvofiq so’zlash va yozish ham kerak bo’lgan. Bu asarnida adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik so’z birikmalari, ularni amalda tadbiq etish yo’llari chuqur tahlil qilingan.
Savol-javoblar muhokamasi.

  1. Alisher Navoiyning hayoti haqida ma’lumot bering.

  2. Alisher Navoiyning yaratgan asarlari.

  3. Alisher Navoiyga bag’ishlangan tarixiy va ilmiy asarlar.

  4. Alisher Navoiy qasida yaratganmi?

  5. Navoiy qurdirgan imoratlar haqida ma’lumot bering.

  6. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn” asari qanday asar.

Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish:


Quyidagi reja asosida ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib konspekt yozing.
Reja:
1. Alisher Navoiyning yaratgan asarlari
2.. Alisher Navoiyga bag’ishlangan tarixiy va ilmiy asarlar
3. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn” asari

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling