Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- TYeMURIYLAR DAVRIDA O’ZBYeK TILSHUNOSLIGI. A. NAVOIY, Z. M. BOBURLARNING LISONIY QARASHLARI RYeJA
Adabiyotlar:
Abdurahmonov G’., Shukurov Sh. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. T., 1973. At-tuhfatuz zakiyatu fil-lug’at – it turkiya. T., 1968. Muxtorov J., Sanaqulov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995. Sagduldayev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. T., 1996. “Tarjumon” XIV asr yozma obidasi. T., 1980. Tomson V. Istoriya yazikoznaniya do konsa XIX veka. M., 1938. Tursunov U., O’rinboyev B., Aliev A. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. T., 1971. O’rinboyev B. Tilshunoslik tarixi. Jizzax, 1994. TYeMURIYLAR DAVRIDA O’ZBYeK TILSHUNOSLIGI. A. NAVOIY, Z. M. BOBURLARNING LISONIY QARASHLARI RYeJA: Temuriylar hukmronligi davrida fan va madaniyat taraqqiyoti. Alisher Navoiyning falsafiy – lisoniy qarashlari. Alisher Navoiyning tillarning paydo bo’lishi haqidagi qarashlari. “Muhokamat ul - lug’atayn”da tillar qiyosi. “Muhokamat ul - lug’atayn”da fonetik, leksik, so’z yasalishi bo’yicha ma`lumotlar. Z. M. Boburning lisoniy qarashlari. Tayanch tushunchalar: Navoiy o’zbek adabiy tilining olmasko’rashchisi;Muhokamat ul - lug’atayn”da falsafiy – lisoniy ma`lumotlar; “Muhokamat ul - lug’atayn” chog’ishtirma tilshunoslik namunasi; Navoiyning fonetik, leksik, so’z yasalishi bo’yicha qarashlari. ”Boburnoma”da tilshunoslikka oid ma`lumotlar. Alisher Navoiyning boshqa sohadagi singari tilshunoslik sohasidagi xizmati ham g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Tishunoslikka doir fikrlari ulug’ siymonig har bir asarida,jumladan, "Muhokamat ul-lug’atayn" .asarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Tenggi yo’q so’z ustasi Alisher Navoiy o’zining lug’atchilik va tilshunoslik sohasidagi yarim asrlik tajribasini “Muhokamat ul - lug’atayn” asarida umumlashtiradi. Alisher Navoiyning ushbu asarida olg’a surgan va tilshunoslik tarixi uchun qimmatli bo’lgan fikrlari quyidagilardan iborat:1. Turli tillarning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida fikr bildiradi. Alisher Navoiy tillarning paydo bo’lish voqeasini Nuh payg’ambar va uning o’g’illariga bog’laydi. Bu haqda "Muhokamatul-lug’atayn"da shunday yozadi: "...turkiy, forsiy va hindiy asl tillarning manbai (kelib chhiqishi)durki, Nuh payg’ambar... ning uch o’g’ligakim,Yofas va Som va Xomdur yetishur... Yofasniki, tavorix ahli Abut-turk bitirlar, Xito mulkiga yibordi va Somniki, Abul-furs bitirlar. Eron va Turon mamolikning vasatida voliy qildi va Xomniki,Abulhind debdurlar, Hindiston bilodiga uzatti. Va bu uch paygambarzoda avlod va atboi mazkur bo’lg’on mamolikda yoyildilar va qalin bo’ldilar". Tillarning paydo bo’lishi haqida fikr yuritar ekan, u arab tilini mustasno qiladi. U arab tilini "kalomi ilohiydur", hamma tillardan go’zalroq va boyroqdir, - deydi. Chunki xudoning kalomi bo’lgan "Qur`on" va payg’ambar hadisi, avliyolar so’zi shu tilda yaratilgan. Shu asosda Navoiy arab tilini barcha tillardan yuqori qo’yadi. 2. Til va tafakkur birligi haqida. A.Navoiy fikricha, til ijtimoiy hodisadir. Til insonni hayvondan ajratuvchi "gavhari sharif"dir: So’zdurki, nshion berur o’likka jondin, So’zdurki, berur xabar jonga jonondin, Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo’q ondin. Navoiy bu fikrlarini chuqurlashtira borib, so’zning ta`sir kuchi, uning katta ruhiy ozuqa va tarbiyaviy ahamiyatiga yuqori baho beradi. U o’zining "Muhokamat ul-lug’atayn" asarida shunday mulohaza bildiradi: "So’z durrining ayirmasi bundan ham cheksiz va darajasi bundan ham nixoyatsizdir. Shundayki, yaxshi so’zdan o’lgan badanga toza ruh yetadi, unga jon baxsh etadi, yomon so’zdan tirik tanga o’ldiruvchi zahar xosiyati paydo bo’ladi, kishini halok etishga olib boradi". Til tafakkurning ifoda qurolidir. Kishining ko’ngli (fikri) daryodir, so’z esa - dur, so’zlovchi g’avvosdir. Dur xilma-xil bo’lgani singari, so’z ham har xil bo’ladi. So’z so’zlashdan maqsad ma`no ifodalashdir. Binobarin, "ma`ni adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma`ni fahm bo’lur". U ma`noni birlamchi, shaklni ikkilamchi deb qaraydi va ma`noga so’zning joni deb baho beradi. Alisher Navoiy til va tafakkurni bir - biridan ajratmaydi, balki ularni uzviy birlikda oladi. O’zbek tilini fors - tojik tili bilan chogashtirib, uning fors tilidan qolishmasligini ko’rsatib, o’zbek tilida asarlar yozishga rag’batlantirdi. A.Navoiy ikki tilni chog’ishtirganda 100 fe`lni keltirib, ularni taxlil qiladi va o’zbek tilini xazina deb biladi, Masalan, fors-tojik tilida "girya kardan" birikmasi o’zbek tilida yig’damoq, ingramoq, singramoq, yiglamsinmoq, sixtamoq o’kurmoq, inchkiramoq fe`llari bilan, "nushidan" so’zi o’zbek tilidaga ichmoq, sipqormoq, tamshimoq so’zlari bilan berilishini izohlaydi. Alisher Navoiy, o’zi aytganidek uning so’zlarining martabasi yuqoridan pastga tushmaydi. Undan so’nggi davrlarda yashagan ijodkorlar ham ajoyib namuna sifatida foydalandilar, uni o’z ustozlari deb bildilar. Jumdalan, Munis shunday yozadi: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling