7. Kompozision materiallarning tadqiq etish usuli.
Molekulyar kompozitlar.
Yarim o’tkazgichli polimerlar uchun, ko’p hollarda molekula ko’rinishidagi turli qo’shimchalardan foydalaniladi, ularni to’ldiruvchi sifatida ham qarash mumkin. Shunday usulda olingan materiallar molekulyar kompozitlar deb ataladi. Molekulyar qo’shimchalar turlicha funksiyalarni bajaradi. Masalan, zaryadlar markazlari transporti, asosiy tashuvchilar generatsiyasi uchun zaryadlar ko’chish markazlari va fotoemissiyali elektron va kovaklar rekombinatsiyasi markazlari vazifasini bajaradi. 1.13-rasmda molekulyar kuchaytirilgan polimerlarda tashuvchilar transportiga yordamlashuvchi molekulyar qo’shimchalar
tasvirlangan.
1.13 - rasm. Molekulyar kuchaytirilgan polimerlarda tashuvchilar transportiga yordamlashuvchi molekulyar qo’shimchalar: 1-N- metilkarbazol (mCbz) (a), 1, 1-bis (di-4-tolilaminofenil)- siklogeksan (TAPS) (d), N, N—difenil-N, N—bis (3-metilfinel)-[1,1’ - bifenil] - 4, 4’ - diamin (TPD) (e) va p- dietilmaminoben-zaldegid-1, 1- difenilgidrazon (DEH) (f). Elektronlar transportini ta’minlashda quyidagi molekulalar misol bo’lishi mumkin (4-t-butilfenil)-1, 3, 4-oksadiazol (PBD) (c), 8-gidroksixinolin alyuminiy (Alq3) (g) va faktris (2-fenilpiridin) iridiy (Ir(ppy)3) (h)
Do'stlaringiz bilan baham: |