Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
HFX

3. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari. 
Tabiat resurslaridan intensiv foydalanish va atrof muhitini ifloslantirish, ilmiy-texnikaviy 
yangiliklarni jamoat ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalariga tomonlariga keng joriy 
etish, bozor munosabatlarining shaklllanishi har xil tabiiy (suv bosishi, er ko`chishi, tabiatdagi 
yong’inlar, er qimirlashlar va boshqalar), biologik (epidemiya, epizootiyalar), texnogen 
(yong’inlar, portlashlar, binolarning qo`lashi, radioaktiv moddalarning tarqalishi, hayotni 
taminlash sistemalaridagi avariyalar), ekologik (atmosferani anomal ifloslanishi, tuproqni 
sho`rlanishi, erlarni yalong’ochlanishi), antropogen (odamlarni xato ishlari oqibatida) va 
boshqalar bilan birga kuzatilmoqda. 
Ular og’ir iqtisodiy oqibatlarga (sanoat, qurilish, transport, yashash va kommunal xo`jalik 
sferalarida, qishloq xo`jaligida) olib kelmoqda. Bu o`z navbatida xavflardan insonni 
himoyalashni nafaqat samarali tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni shu bilan birga 
hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga ma`lum darajada mablag’ sarf etilishini taqoza etadi. 
Fan texnikaning revolyutsiyasi davrida ishlab chiqarishda erishilgan taraqqiyot har doim 
va hozir ham ishlab chiqarish muhitida hayot faoliyati xavfsizligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli 
xavfli omillar darajasini oshishi orqali kuzatilgan.
Mamlakatimiz hududida ko`plab yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko`rsatmokda. 
Ularning ayrimlari atrof muhit va axoli uchun potentsiyal xavf hisoblanadi. Bu korxonalarning 
ba`zilaridagi texnologiyalarning nazorat va tartib intizomni past darajasi ishlab chiqarish 
ko`rsatkichiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Bular natijasida bu korxonalarga investetsiyalarni 
jalb etish, ishlab chiqarish vositalarini yangilashda muammolar yuzaga kelib va iqtisodiy holat 
yanada nochorlashadi. Bu kamchiliklarning hammasi ishchilar mehnat sharoitlarining 
yaxshilanmasligiga, ularni hayot faoliyatiga xavf soladigan ishlab chiqarish muhitini ijobiy 


tomonga o`zgarmasligiga sabab bo`ladi. Bular ishchilar o`rtasida ishlab chiqarish 
jarohatlanishlarini, kasbiy kasalliklarini ko`paytiradi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida qayd qilingan kamchiliklarni mavjudligi ularda avariya 
holatlarini keltirib chiqaradi. Bunda ishchilarni kasbiy mahoratlarini pastligi ham sabab bo`ladi. 
Statik ma`lumotlarning qayd etishicha ishlab chiqarishdagi avariyalarni 50 % dan ortig’i texnik 
xodimlarning noto`g’ri harakati natijasida sodir bo`ladi.
Bu avariyalarni oqibatlarini tugatish korxona va davlat iqtisodiga katta zarar keltiradi. 
Masalan, Rossiya federatsiyasida yuz beradigan har xil texnogen avariyalarni iqtisodiy 
oqibatlarini tugatishga davlat yalpi mahsulotining 1…2 % mablag’i sarflanar va uning 
ko`rsatgichini 4…5 % ga o`sish xavfi mavjud ekan. Bu mablag’ soglikni saqlash va atrof muhitni 
muhofazasiga ajratilagan umumiy mablag’dan yuqoriligi qayd etilgan.  

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling