Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
HFX

 
O`zlashtirish savollari. 
1. Sanoat ekologiyasi fani nimalarga asoslangan? 2. Ekologiya so`zi nimani anglatadi? 3. 
Sanoat ekologiyasi fani nimani o`rgatadi? 4. Abiotik omillar nima? 5. Tashqi muhitni 
organizmga ta`siri nima deyiladi? 6. Antropogen omillar nima? 7. Biotik omillar nimani 
aniqlaydi? 
Tayanch iboralar 
Atmosfera, antropogen omillar, avtotroflar, adaptatsiya, aeratsiya, absorbsiya, aspiratsiya, 
biosfera, biologik tozalash, biokimyoviy, biokompleks, demografiya. demografik portlash, tirik 
mavjudot, ekologik falokat zonasi, yashil zona, tabiatni muhofaza qilish qonunshunosligi, 
iflosliklar, sanitariya zonasi, changlanganlik, atrof-muhit, azon qatlami, azonlashgan chiqindilar, 
qaytariluvchi chiqindilar, tindirish, chang ushlagichlar, to`rdan o`tkazish, chang sig`imi. 
Urbanizatsiya, dengiz sahxi, fizik-kimyoviy tozalash, kislorodga bo`lgan kimyoviy talab, siklon, 
ekologiya, ekosan, ekosistema, qo`shilish samarasi. 


5 – ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari. Faoliyat xavfsizligi 
psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari. 
1. ergonomika asoslari va uni inson mehnat faoliyatida ishtroki. 
2. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. 
3. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari. 
Mehnatni muhofaza qilishda ergonomik, metereologiya talablari va sharoitlari 
«Mehnatni muhofaza qilish» fanini o‘rganishda boshqa ijtimoiy, texnikaviy, gumanitar 
fanlarning ma’lumotlari e’tiborga olinadi. Shular qatorida ergonomika fanining ma’lumotlari 
ham katta ahamiyatga ega. Ergonomika so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) ish, 
«nomika» - (nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi. Ergonomika 
insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lum muhim vazifalar 
yechiladi. Shunday qilib, ergonomika muhim vositalarni yechadigan birlik sifatida 
texnikani insonga yaqinlashtirishga harakat qiladi, «inson - texnika» tizimidagi 
mavjud muammolarni ko‘rib chiqadi. Ergonomika doirasida besh xil moslik – ma’lumot axborot, 
biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo‘lib, ularni 
ta’minlash va amalga oshirish ishni – vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini kafolatlaydi. 
Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog‘liq bo‘lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni 
yetkazuvchi-ko‘rsatuvchi moslama – mashina modeli bo‘lsa, operator murakkab tizimda bo‘lsa 
ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Buvazifani bajarish uchun ergonomika nuqtai 
nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o‘z vaqtida mashinaga taaluqli 
ta’rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e’tibor bilan axborotni xatosiz qabul 
qilib, qayta ishlashi lozim. 
Murakkab hisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq-sifatli 
ishlashiga, mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik 
imkoniyatlarini axborot modeliga mos bo‘lishiga bog‘liqdir. Biofizik moslik operatorning ish 
qobiliyatini, normadagi fiziologik holatini ta’minlaydigan atrof – muhitning yaratilishini 
ifodalaydi. Bu vazifa mehnat muhofazasi talablari bilan bog‘langan. Atrof-muhitning ko‘pgina 
omillari, chegara miqdorlari qonuniyat bilan belgilangan va ular operatorning ish vazifasi bilan 
doimiy bog‘lanmagan va ular operatorning ish vazifasi bilan doimiy bog‘lanmagan bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun mashinalarning yaratilishida shovqin, tebranish, havo muhiti kabi 
barcha birliklarning maxsus tekshirilishi talab qilinadi. Insonning kuchi va energetik qobiliyati 
ma’lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish tizimida charchash maqsadga 
muofiq bo‘lmagan oqibatga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ish tizimidagi aniqlik pasayadi. 
Bunday cheklanish yoki atrof – muhitga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, omillar e’tiborga olinishi kerak. 
Energetik moslik operatorning optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, 
sarflanadigan quvvat, harakatning aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi 
kelishuvini ifodalaydi. 
Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o‘lchami, tashqi fazoning ta’siri 
imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaninng turishi hisobga 
olinishini ifodalaydi. Vazifaning to‘g‘ri hal qilinishida ish joyi hajmi, operator 
harakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo‘lgan oraliq va boshqa 
ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
Moslikni ta’minlashda insonlarda antiropometrik ko‘rsatkichlarning har xil 
bo‘lishi murakkab holatga olib keladi va bu vazifani yechishda ergonomika yordam beradi. 
Texnikaviy – estetik moslik insonni mehnat jarayonida, mashina bilan bo‘ladigan 
muloqatida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni anglatadi. Ko‘p sonli va 
favqulodda muhim texnik – estetik masalalarni hal qilishda san’atkorlar, konstruktorlar, 
rassomlar va boshqalar jalb qilinadi. 
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining metereologik 
sharoitlari havo harorati (0S), nisbiy namligi (%), havo bosimi (mm. simob ust. Yoki Pa) va havo 
tezligi (m/s) bilan ifodalanadi. Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta’sir qiluvchi ishlab 
chiqarish omillari mavjud, ya’ni ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va 


ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari havo 
haroratining oshishiga olib keladi. Bu omillar ta’sirida ishlab chiqarish zonasidagi hosil 
bo‘ladigan havo muhiti sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi. 
Metereologik birlik va omillarning har biri ayrim holda yoki bir nechtasi birgalikda 
insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog‘lig‘iga juda katta ta’sir qiladi. 
Ba’zi hollarda bunday ta’sir ko‘rsatish foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, salqin sharoitda 
isituvchi omil va shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqayotgan bug‘ va parlar 
hisobiga nisbiy namlik ortib ketganda, uni normalashtiruvchi omil bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi vaqtlarda esa omillarning bir-biriga qo‘shilishi natijasida zararli ta’sir 
darajasi ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi 
inson uchun og‘ir sharoit vujudga keltiriladi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo 
harakatining oshishi harorat yuqori bo‘lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past 
bo‘lgan vaqtda esa salbiy natija ta’sir ko‘rsatib, inson organizmining issiqlik 
boshqarilishini buzib yuborishi mumkin. 
Inson organizmining issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar 
asosida tana haroratini bir xil chegarada (36-37 0S) saqlab turish qobiliyati demakdir. 
Metereologiya sharoiti doimo o‘zgarib turgan holatda tana haroratining 
o‘zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo‘lgan organizmdagi bioximik 
jarayonlarning normal bo‘lishini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko‘rsatilgan darajadan 
ortib ketishini «issiqlash», sovishini esa «sovish» deb ataladi. Issiqlik va sovish mehnat 
faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga 
keltirishi mumkin. Shuning uchun ham inson organizmida «issiqlik 
boshqarilishining» fiziologik mexanizmi mavjud bo‘lib, u markaziy asab sistemasining nazorati 
ostida bo‘ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi 
organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning 
ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik balansini ushlab turishdir. Issiqlik 
boshqarilishi ikki xil - fizik va kimyoviy bo‘lishi mumkin. 
Kimyoviy issiqlik boshqarilishi organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini 
kamaytirishi va sovishi natijasida modda almashinuvini oshirishi mumkin. Ammo kimyoviy 
issiqlik boshqarilishining tashqi muhitning keskin o‘zgarishi borasida fizik issiqlik 
boshqarilishiga nisbatan ahamiyati katta emas. 
Asosan tashqi muhitga issiqlikni almashtirishda fizik issiqlik boshqarilishi ahamiyatlidir. 
Organizmdan tashqi muhitga uch xil yo‘l bilan issiqlik chiqishi mumkin: 
1. Odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali 
(radiatsiya) havo almashinuvi. 
2. Tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish. 
3. Terining terlab, bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi 
natijasida. Normal sharoitda kuchsiz havo harakati bo‘lgan holda harakatsiz odam organizmi 
radiatsiya yo‘li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%ini, konveksiya (issitish) 
natijasida 30%ini va terlash orqali 25 %ini yo‘qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy 
issiqlikning 80%dan ortig‘i, nafas olish organlari orqali 13% va taxminan 5% issiqlik, ovqat, suv 
va havoni isitishga sarflanadi. 
Radiatsiya va konvesiya orqali issiqlik yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati 
tana haroratidan kam bo‘lgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tashqi muhit harorati qancha past 
bo‘lsa, issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo‘ladi. Tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori 
yoki teng bo‘lsa, u holda issiqlik ajratish terlab, bug‘lanish 
hisobiga bo‘ladi. Bir gramm terni bug‘latish hisobiga 2,5 kJ (0,6 Kkal) issiqlik 
yo‘qotilishi mumkin. 
Organizmda chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish 
kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 150S ni tashkil qilsa, terlash 
miqdori juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. 


Yuqori haroratlarda (300S va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni bajarganda 
organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan, issiq sexlarda, og‘ir ishlarni bajarish natijasida 
terlash miqdori soatiga 1-1,5 litrga yetarli va bu miqdor terning bug‘lanishi uchun 2500-3800 kJ 
(600-900 Kkal) issiqlik sarflanadi. 
Terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqat tana yuzasidan ter bug‘langandagina amalga 
oshadi. Terning bug‘lanishi esa havoning harakatiga, nisbiy namligiga, kiyilgan kiyimning 
materialiga bog‘liq. 
Issiqlik yo‘qotish faqat terlash yo‘li bilan amalga oshirilayotgan sharoitda havoning 
nisbiy namligi 75 – 80% dan ortiq bo‘lsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning 
issiqlik boshqarilishi buzilishi natijasida «issiqlash» yuz berishi mumkin. 
Issiqlashning birinchi belgisi – tana haroratining ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlashni tana 
haroratining yengil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli 
tashnalik, nafas olish va qon tomirlari urishining tezlashishi bilan ifodalash mumkin. Agar kuchli 
issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi: qattiq bosh og‘riydi, bosh aylanadi, gapirish 
qiyinlashadi. Issiqlik bosh qarilishining bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin 
ko‘tarilishi issiqlik gepartermiyasi deyiladi. 
Issiqlashning ikkinchi belgisi terlaganda inson organizmining ko‘p miqdorda 
tuz yo‘qotishi natijasida kelib chiqadi (45g). Bu holat teri hujayralarida tuzning kamayishi bilan 
teri suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suvning tinmay ter 
bo‘lib chiqib ketishi chanqoqlikning yanada kuchaytiradi, natijada zaharlanish holati vujudga 
kelishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bo‘ladi, kuchli terlash va 
qonning suyuqlanishi kuzatiladi, keyin issiq urishi vujudga keladi. Tana harorati 40-41 0S ga 
ko‘tarilib, odam hushini yo‘qotadi va qon tomirlarining urushi kuchsizlanadi. Bu vaqtda 
organizmdan ter chiqishi butunlay to‘xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urishi «o‘lim» bilan tugashi 
mumkin. Inson organizmiga faqatgina yuqori harorat ta’sir qilib qolmasdan, balki past harorat 
ham ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq vaqt past harorat ta’sirida bo‘lish asosiy fiziologik jarayonlarning 
buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. 
Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilish natijasida 
kapillyar qon tomirlarining faoliyati buziladi, shundan keyin organizmning butunlay sovishi 
seziladi. Tashqi asab sistemalarining sovuqqa qotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit, 
oyoq, qo‘l va belda, uning paylarida revmatizm kasalligi, shuningdek «plevrit», bronxit va 
shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Odam 
tanasiga sovuqning, ayniqsa, havo harakatining ta’siri kuchli bo‘ladi. Havoning nisbiy namligi 
yuqori bo‘lgan vaqtda ta’sir, ayniqsa, kuchli bo‘ladi, chunki sovuq, haroratdagi nam havo 
issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotishni kuchaytiradi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling